• Yuqori darajali formatlash.
  • 3.4. Windows oilasi operatsion tizimlarining fayl tizimlari
  • Diskda bo‘limlarni tashkil qilish




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/143
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,13 Mb.
    #240066
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

    Diskda bo‘limlarni tashkil qilish. 
    Qattiq diskda yaratilgan 
    bo‘limlar turli xil fayl tizimlarining quvvatlanishini ta’minlaydi, 
    ulardan har biri diskning ma’lum bo‘limida joylashadi.
    Har bir fayl tizimida 
    klasterlar
    yoki 
    xotiraning yagona 
    bloklari
    deb ataladigan, mantiqiy element bo‘yicha fayl 
    egallaydigan maydonni taqsimlashga imkon beradigan aniq bir 
    usuldan foydalaniladi. Qattiq diskda bo‘limlar soni bittadan 
    to‘rttagacha bo‘lishi mumkin, ulardan har biri bir yoki bir necha 
    tipdagi fayl tizimlarini quvvatlaydi.
    Bo‘limlar yaratilgandan so‘ng operatsion tizim vositalari 
    yordamida yuqori darajali formatlashni bajarish kerak.
    Yuqori darajali formatlash.
    Yuqori darajali formatlashda 
    operatsion tizim ma’lumotlar va fayllar bilan ishlash uchun 
    strukturani yaratadi. Har bir bo‘limga (mantiqiy disk) tomning 
    yuklash sektori (Volume Boot Sector – VBS), fayllar joylashuvi 
    jadvalining ikki nusxasi (FAT) va o‘zak katalog (Root Directory) 
    kiritiladi. Bu ma’lumotlar strukturasi yordamida operatsion tizim 
    disk maydonini taqsimlaydi, fayllar joylashuvini kuzatadi va 
    diskdagi nosoz joylarni aylanib o‘tadi.
    Yuqori darajali formatlash – bu
    formatlash emas, balki fayllar 
    joylashuvining jadvali va disk mundarijasining yaratilishidir. 
    Haqiqiy formatlash – bu quyi darajali formatlash, bunda disk 
    yo‘lak va sektorlarga bo‘linadi. Qattiq diskning quyi darajali 
    formatlashni bajarish uchun disk ishlab chiqaruvchi tomonidan 
    taqdim etiladigan maxsus dastur kerak.


    59
    3.4. Windows oilasi operatsion tizimlarining 
     
    fayl tizimlari
    Kompyuterda ishlayotganda biz silindr, o‘qish/yozish moslamasi 
    va sektorlar bilan emas, balki fayllar bilan ishlaymiz. Diskdagi 
    ma’lumotlarga fayllar kabi murojaat qilishni qattiq diskning fayl 
    tizimi vositasi yordamida operatsion tizim ta’minlaydi. Fayl tizimi 
    diskda ma’lumotlar saqlanadigan disk sektorlari va fayl nomlari 
    orasida moslikni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha xizmat 
    axborotlarini saqlashga asoslangan.
    Odatda, fayl tizimlari sektorlarga emas, balki klasterlarga 
    asos lanadi. Klaster – bu bo‘linmas manzillash birligini vujudga 
    keltiruvchi sektorlar guruhidir. «Klaster» tushunchasi mantiqiy 
    tushuncha hisoblanadi. Aniq bir qattiq disk uchun klaster 
    o‘lchami uning jismoniy qurilmasidan emas, balki boshqa omillar, 
    shuningdek, foydalanuvchi xohishiga ko‘ra ham aniqlanadi.
    Windows oilasidagi operatsion tizimlarda 3 xil fayl tizimlari 
    qo‘llaniladi: FAT16, FAT32 va NTFS.

    Download 8,13 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish