• Birgalikda boshqarish haqida tushuncha va ishlab chiqarish sharoitida uning ahamiyati
  • Komanda tushunchani va ta‟rifi 1
  • . Yuqori samaradorli komandalarning xususiyatlari 2
  • Inson resurslarini boshqarishda boshqarish




    Download 1.59 Mb.
    bet1/5
    Sana15.11.2023
    Hajmi1.59 Mb.
    #98933
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    INSON RESURSLARINI BOSHQARISHDA BOSHQARISH
    9-test, 9-test 2, amaliyot1 (2), avtobaza gor, tshjxtl[, 2 mavzu Saidkamol, 12-амалий, 1-мавзу, Практическая работа №2, САМОСТОЯТЕЛЬНАЯ yuz ruscha 2024 yangi gorniy 2024 100%, презинтация, 1. Uzakov, 1 BOB (2) (3), Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

    INSON RESURSLARINI BOSHQARISHDA BOSHQARISH
    VA NAZORAT

    1. Birgalikda boshqarish haqida tushuncha va ishlab chiqarish

    2. sharoitida uning ahamiyati

    3. Boshqarish va nazorat tizimi



    Birgalikda boshqarish haqida tushuncha va ishlab chiqarish sharoitida uning ahamiyati


    Rivojlangan mamalakatlarda kompaniyalar emas, balki komandalar raqobat qilmoqdalar. Komanda — umumiy maqsad bilan birlashtirilgan, samarali, hamfikr odamlar jamoasidir. Komanda o’zining mehnat va emotsional hayoti bilan yashaydi. Har bir komandani o’zining nodir ishlash usullari shakllanadi. Komandada shaxslararo munosabatlar shunday qurilganki, unda mutaxassislar har kuni 24 soatgacha bir-birlari bilan yaqindan, kichik xonada bo’lsin, ahil, hamkorlikda, muvaffaqiyatli ishlay oladilar. Komandaga g’ayrat atmosferasi xos.
    Komanda - katta va murakkab amaliy muammolarni yechish maqsadida maxsus tuzilgan, kichik, doimiy rivojlanadigan yuqori malakali mutaxassislar guruhidir. Amerika menejmenti ushbu tushunchani sportdan olgan. Boshqaruvchilik komandasini tashkilida va faoliyatida sport komandasi bilan o’xshashliklari ko’p. Masalan, boshqaruvchilik komandasining har bir a‘zosi umumiy muammo yechimida bitta aniq vazifani bajaradi va ushbu vazifa uchun yakka o’zi javob beradi. Yakka mutaxassis sifatida boshqaruvchilik komandaning har bir a‘zosi ham sport o’yinchisi kabi o’z vazifalarini bajarishda barcha zarur huquqlarga, erkinlikka va mustaqillikka egadir.
    1. Komandada o’zaro aloqa shunday quriladiki, har qaysi a‘zoning xato yoki muvaffaqiyati barcha komanda uchun tezda oshkora bo’ladi. Har qaysi a‘zoning ish natijasi esa (ijobiy yoki salbiy) komandaning umumiy natijaviy ko’rsatkichlariga ta‘sir etadi va har bir a‘zoning farovonligini belgilaydi.
    Boshqaruvchilik komandada ierarxik subordinatsiya mavjud emas. Barcha a‘zolar sportchilar kabi bir -biri bilan to’g’rima-to’g’ri o’zaro munosabat qiladilar. Har bir a‘zo o’zining asosiy vazifasidan tashqari komanda hayotida qandaydir yagona, o’zining takrorlanmaydigan rolini bajaradi. Misol uchun, birlashtiruvchi roli, g’oyalar generatori, axborot beruvchi, ekspert, ishlov beruvchi, yakunlovchi rollar.
    Komanda ishining samaradorligini aniqlaydigan omil — rollar va vazifalar taqsimotining kontrastligidadir.

    Komanda tushunchani va ta‟rifi1


    2. Komanda tarkibida fe‘li bir-biriga to’g’ri kelmaydigan, bir-biriga adovatli qaraydigan kimsalar bo’lishi mumkin emas. SHunday sig’ishmaydigan, ziddiyatli kimsalar dastlab bir komandada birlashmaydilar. Komandaning o’zi nizoli opponentlarni biridan (balki ikkisidan ham) voz kechadi va ajraladi. Aks holda ichki destruktiv janjal va nizolar komandani o’zini asta-sekin ichidan yemirib boradi va ado qiladi.
    Komanda har bir a‘zosining xulqini va harakatlarini doimiy nazorat qiladi, har bir kimsa nima va qanaqa ish qilishini diqqat bilan kuzatadi, uning ushbu faoliyatini komanda me‘yorlari va qadriyatlari bilan solishtiradi va ushbu xulqga o’zning munosabatini turli usullarda bildiradi. Komanda fikri har bir a‘zo uchun muhim. Komanda manfaatlari uning har bir a‘zosi uchun o’z shaxsiy manfaatlaridan ham yuqoridir. Komanda ruhiy holatining mohiyati uning a‘zolarini gomeostatligidadir.
    Tajriba shuni ko’rsatadiki, komandada tadbirkorlik ruhi mavjud bo’lsa, har bir a‘zo qalbida biznesmen bo’lsa, ushbu komanda uchun muvaffaqiyat ta‘minlangandir. Biznes faoliyatida komanda tavakkal qilishi mumkin. Yuqori malakali mutaxassislar muzokaralarining ijodiy ruhi va muammoning echish uchun butun jamoa ishlab chiqqan qarori har qanday tashabbusning salbiy natijalarini minimumga olib keladi. Komandaning yutuqlarini doim ta‘minlaydigan xislat bu - mutaxassislarning komplementalligi.
    Ko’p o’tkazilgan tadqiqotlar, yuqori samaradorli komandalarga ko’pincha quyidagi xususiyatlar xos bo’lishini ko’rsatib o’tdi:

    • Komanda mustaqilligining yuqori darajaligi.

    • Komanda katta, muqaddas, yakuniy maqsadni mo’ljallagan holda ishlashi.

    • Komanda a‘zolarining rol va vazifalari bilan yaxshi balanslashtirilganligi;

    • Komanda a‘zolari bir-biri bilan hamkorlikda ishlashi;

    • O’z xatolari asosida o’rganish, o’z muvaffaqiyatsizligidan ta‘lim olish va rivojlanishga qodirligi;

    • Komanda faoliyatining yuqori natijaviyligi.

    Komanda soni uch bilan o’n ikki kishi orasida bo’lishi mumkin. Komanda soni uchtadan kam bo’la olmaydi. Chunki ikki kishi orasidagi har qanday faoliyat birinchi navbatda o’zaro shaxsiy munosabatlar tariqasida qabul qilinadi. Shuning uchun har qanday munosabatlarga komanda me‘yorlari va qadriyatlari xos bo’lishi uchun, kamida yana bir a‘zo (uchinchi a‘zo) mavjud bo’lishi zarur. Komanda sonining yuqori chegarasi 12 kishidan osha olmaydi. Chunki oddiy odamning sensorlik imkoniyatlari bir vaqt ichida o’ntagacha boshqa odamlar bilan bo’lgan aloqalarni nazorat ostida ushlashga qodir.
    Shunga qaramay komanda soni me‘yoridan oshiq bo’lsa, quyidagi oqibatlar kelib chiqishi mumkin:
    1. Komanda tarkibi o’zgaruvchan bo’lib qoladi (doim kimdir komandadan
    chiqib, kimdir kiraveradi);

    . Yuqori samaradorli komandalarning xususiyatlari2



    1. Katta komanda ichida bir yoki ikki guruh paydo bo’ladi;

    2. Komandaning butuniyligi yo’qoladi. Atrof-muhit bilan komandaning tashqi munosabatlarida birlik bo’lmaydi.

    Komandani lider boshqaradi. Lider liberal uslubida boshqaradi. Liderning strategik, ayniqsa, mushqul va mas‘uliyatli vazifalari - bu komanda mafkurasini ishlab chiqish, strategik maqsadlarni kashf etish, komandaga yuqori malakali mutaxassislarni tanlab taklif etish va komanda faoliyatida korporativ ruhini rasm qilish. Liderning operativ vazifalari quyidagilardir:

    1. Komandada a‘zolarning o’zaro shaxsiy munosabatlarini kuzatib borish, yaxshilash va quvvatlash;

    2. Komandaning qoidalariga, me‘yorlariga va qadriyatlariga mutaxassislarning rioya qilishini ta‘minlash;

    3. Komandaning manfaatlarini har yerda himoya qilish.

    Muvaffaqiyatli lider uchun eng muhimi: oydin maqsadlar o’rnatish, aldamchi umidlarni tug’dirmaslik, har bir faoliyatni kichikdan boshlash. Va‘da berish barchasidan oson. Bajarilmagan va‘dalar lider obro’sini tushiradi. Lider doim ishchisi erishgan yutuqlarni tan oladi va maqtovga loyiqlarni rag’batlantiradi. Komandada sog’lom ruhiy "iqlim" yaratish uchun va komanda a‘zolari o’z kuchiga ishonishlari uchun lider har qanday imkoniyatdan foydalanadi. Lider barcha mutaxassislar bilan birgalikda ishlaydi. Kuchli lider ish jarayonida hech qachon bir chetda turmaydi.
    Komanda yaratish mushkuldir. Asl komanda a‘zolarining asosiy xususiyatlari quyidagi talablarga javob berishi lozim: o’z kuchiga tayanish, mustaqillikga intilish, muvaffaqiyatga chanqoqlik va hisobli tavakkallikga moyillik. Manfaatlari va havaslari umumiy bo’lganligi uchun, fe‘llari va odatlari bir-biriga to’g’ri kelganligi uchun yuqori malakali mutaxassislar komandada birlashadilar. Ular komanda bilan ixtiyoriy birlashish orqali, o’zlarining ham ayrim aniq shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga intiladilar.
    Sog’lom ruhiy «iqlim»ga ega bo’lgan ahil komandani qurish usullari kichik mehnat guruhlarining yaratilishga asoslangan. Ushbu usullar komanda
    xodimlarning yoshi, jinsi, mutaxassisligi va temperamentidek alomatlar
    Mutaxassislar orasida bir-biriga nisbatan oqilona miqdorda bo’lishi lozim. Mutaxassislar orasida ushbu 4 alomat bir-biriga nisbatan oqilona balanslashtirilishi orqali komandaning komplementallik, kontrastlik va gomeostatlik kabi xususiyatlari ta‘minlanadi.
    Jamiyatimizda har yili minglab firmalar barbod bo’layotir. Bu achinarli hodisalarning sabablari har xil: tanglik, korporativ hamkorlik mohiyatini tushunib bilmaganligi, sheriklarning urishib ketishi, nimanidir bo’lisha olmasliklari bo’lishi mumkin. SHuning uchun samarador komandani yaratish qobiliyati bugungi kunda ayniqsa muhimdir. Lider uchun eng katta mukofot va o’z ketidan qoldiradigan uyg’un meros bu: iste‘dodli, qobiliyatli, o’ziga ishongan, muvaffaqiyatli hamkorlikni amalga oshira oladigan, mustaqil ishlab, har qanday mushkul muammoni echa biladigan yuqori malakali mutaxassislar komandasidir.
    Shubhasiz, komanda yo’q joyda, bugun yutuq ham yo’qdir.

    Download 1.59 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 1.59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inson resurslarini boshqarishda boshqarish

    Download 1.59 Mb.