• Qobilyat va ko‘nikmalarni aniqlash.
  • Karyera langarlari.
  • Professional oriyentatsiya




    Download 1.59 Mb.
    bet4/5
    Sana15.11.2023
    Hajmi1.59 Mb.
    #98933
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    INSON RESURSLARINI BOSHQARISHDA BOSHQARISH
    9-test, 9-test 2, amaliyot1 (2), avtobaza gor, tshjxtl[, 2 mavzu Saidkamol, 12-амалий, 1-мавзу, Практическая работа №2, САМОСТОЯТЕЛЬНАЯ yuz ruscha 2024 yangi gorniy 2024 100%, презинтация, 1. Uzakov, 1 BOB (2) (3), Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)
    Professional oriyentatsiya. Professional orientatsiya - shaxsning nisbatan moyil bo’lgan qimmatliklar, motivlar, ehtiyojlar majmuasi bo’lib, bu orqali shaxs karyerasining turini ko’rsatadi. Dj. Golland oltita asosiy individual orientatsiyaga ajratadi(31-rasm).

    Dj. Golland oltita asosiy individual orientatsiyasi4


    Realistik orientatsiya- ijtimoiy kuch bilan bog’liq mashg’ulotlarga moyilligi.

    1. Tadqiqiy orientatsiya- fikrlash,tashkiliy faollik bilan bog’liq karyeraga moyillik. Biologlar, ximiklar, kollej professorlari.

    2. Artistik orientatsiya - fikrni, emotsiyalarini ifodalash, san‘atkorlikka moyillik. Rassomlar, musiqachilar, reklama yaratuvchilar.

    3. Ijtimoiy orientatsiya – intellektual yoki jismoniydan ko’ra ko’proq shaxslararo muomalaga moyillik. Diplomatik xizmat, ijtimoiy mehnat.

    4. Tashabbuskor orientatsiya – boshqalarga ta‘sir o’tkazish bilan bog’liq faoliyat. Menejerlar, advokotlar, kotiblar.

    5. Konvension orientatsiya – tashkiliy, tartibga solingan faoliyatga moyillik. Shuningdek, xodim o’z ehtiyojlarini tashkilotniki bilan uyg’unlashishini talab etuvchi kasblar. Bankir, buxgalter.

    Ba‘zi odamlar birdan ortiq orientatsiyaga ega bo’lishi mumkin. Sxemadagi orientatsiyalar qanchalik yaqin joylashsa, karyera tanlash bilan bog’liq muammolar kamroq bo’ladi.
    Qobilyat va ko‘nikmalarni aniqlash. Karyera muvaffaqiyati nafaqat shaxsning hissiyotlari, balki unda mavjud qobiliyat va amaliy ko’nikmalariga ham bog’liq.
    Karyerani rejalashtirish maqsadlari uchun shaxsning qobilyatlari odatda maxsus testlardan foydalaniladi. Bunda intellektual, matematik qobiliyat, abstrakt fikrlash darajasi, artistik talantlari va boshqalar aniqlanadi.
    Mavjud professional ko’nikmalarni aniqlash uchun ishchi tomonidan bajarilgan bir qancha vazifalarni tahlil qilib chiqish kerak bo’ladi.
    Karyera langarlari. Karyera langarlari- karyera jarayonida shakllangan, tanlashga to’g’ri kelgan hech ham voz kechilmaydigan qiziqish yoki qimmatlik. E.Sheyn beshta karyera langarini aniqlab bergan:

    1. Texnik (funksional)- professional karyerasini afzal bilish.

    2. Boshqaruv – menejer karyerasini ustun qo’yish.

    3. Tashabbuskor – tadbirkor karyerasini afzal ko’rish.

    4. Avtonom (mustaqil) – konsultant, shtatdan tashqari jurnalist, muallif yoki boshqa alohida, yolg’iz ishlashga imkon beradigan karyerani afzal bilish.

    5. Barqaror (xavfsiz) – uzoq muddatli va barqaror ishni afzal ko’rish.


    Download 1.59 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1.59 Mb.