65
3.11-rasm.
Tizimli platada SATA razyomi.
SATA-interfeysning axborot kabeli 3.12-rasmda ko‘rsatilgan.
Kabeldagi ikkala razyom ham bir xil. SATA-
qurilmaga elektr
manbayini ulash uchun 3.13-rasmda keltirilgan razyom ishlati-
ladi. Agar SATA-interfeysli vinchester IDE-interfeysli
vinchester
kabi qo‘shimcha elektr manbayi razyomiga ega bo‘lsa, u holda
foydalanuvchi xohishiga ko‘ra faqat bitta elektr manbayi razyo-
mini ulash kerak.
3.12-rasm.
SATA axborot kabeli.
3.13-rasm.
SATA-qurilmasi
uchun manba razyom.
3.6. Vinchesterni sovitish tizimlari
Ko‘p hollarda vinchester majburiy sovitishni talab qilmaydi,
lekin zamonaviy vinchesterlar ishining
ishonchliligini oshirish
uchun germoblok va kontroller platasini sovuq shamolni puflab
turadigan qo‘shimcha ventilatordan
foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Vinchesterning me’yorda ishlashi uning g‘ilofi harorati 50°C dan
yuqori bo‘lmagan va 0°C dan past bo‘lmagan harorat ta’minlanadi.
66
Vinchesterda nafaqat aylanayotgan disklar va dvigatel,
balki vin-
chesterga to‘xtovsiz murojaat qiladigan boshqaruv mikrosxemalari
ham 80°C dan ortiq haroratgacha qiziydi. Vinchesterning ishdan chi
qishining tez
uchraydigan sababi shundaki, dvigatelni boshqaruvchi
mikrosxema
qizib ketadi va ishdan chiqadi, ba’zida hatto mikro-
sxemaning plastmassa g‘ilofi ham yoriladi.
Aylanayotgan disklar
qiziganda, undan magnit qatlamning
mikroskopik bo‘laklari
uchib ketadi, bu ko‘p sonli «yomon»
sektor larning paydo bo‘lishiga olib keladi.
3.14-rasm.