|
N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatishBog'liq shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatishFotosuratlarni skaner lash.
Epson skanerlarining mu
him
xususiyatlaridan biri shaf fof bo‘lmagan fotosurat va matn larni
juda oddiy va samara li skanerlash jarayonidir.
Skanerning o‘zi fotosurat ning joylashish holatini avto matik
ravishda aniqlaydi va agar ular notekis joylashtiril gan bo‘l sa,
fotosuratlarning og‘ishi ni to‘g‘rilay oladi.
Skanerning ranglarni qay ta tiklash vazifasi (Color Res toration)
eski fotosuratlar ning oqarib ketgan ranglarini asl holiga qaytara
4.17-rasm.
Suratlarni skanerga
joylashtirish.
4.18-rasm.
Rangni qayta tiklash
funksiyasi.
Eski fotosurat
Yangilangan
fotosurat
81
olishdan iborat. Buning uchun skanerlashning ko‘rsatkichlarini
qo‘lda sozlab chiqish shart emas, Epson Scan skanerlash dastu-
rining tegishli vazifalarini ishga tushirish kifoyadir.
Uch o‘lchamli obyektlarni skanerlash.
Epson Perfection
V10 skanerida qo‘llaniladigan CCD texnologiyasi katta
darajadagi aniqlikni ta’minlaydi, bu esa nafaqat yassi
originallarni (hujjatlar, fotosuratlar va h.k. lar), balki uncha katta
bo‘lmagan buyumlarni ham skanerlashni ta’minlaydi. Bunda,
buyumni fotosuratga olib, uning fototasmasini yoki fotosuratini
skanerlagandan ham yuqoriroq sifatga erishiladi.
Grafik planshet
(digitayzer) – foydalanuvchining qo‘l
harakati orqali grafik ma’lumotlarni kiritish imkonini beruvchi
qurilma. Digitayzerlar planshetning koordinatalar tizimiga
bog‘langan nuqtaning aniq koordinatalarini kiritish imkonini
beradi. Digitayzerlarning dastlabki modellari planshetga
biriktirilgan chizmaning koordinata nuqtalarini kiritish imkonini
bergan. Buning uchun ular «optik nishon»li manipulator
va bir necha tugmalar bilan jihozlangan. Tugma bosilishi
bilan digitayzer joriy koordinata nuqtalarini uzatadi, grafik
ilovalarda bu koordinata nuqtalari grafik soddaliklarni chizish
uchun qo‘llaniladi. Zamonaviy digitayzerlar qalam bilan ham
jihozlangan. Bu qalam yordamida tasvirlarni chizish (yozish)
va quyuqlashtirish mumkin. Planshet tarkibida oddiy ishlashi
ham mumkin bo‘lgan maxsus sichqoncha bo‘lishi mumkin.
A3-A6 formatdagi planshetlar keng tarqalgan, katta formatli
planshetlarning narxi qimmat, ammo chizish va quyuqlashtirish
uchun kichik formatli planshetlar qulay hisoblanadi. Planshetlar
yuqori tiniqlik berishni (1000, 2540 dpi va undan yuqori), 0,1–
0,2 mm xatolikni ta’minlaydi. Qalamlar 256 tagacha va undan
yuqori bo‘lgan gradatsiylarni ajratadi, ulanish interfeysi esa
SOM-port yoki USB shinasi orqali amalga oshiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish
|