84
skanerlardan va video kiritish qurilmalaridan foydalanish;
uchinchidan, turli formatdagi ma’lumotlar
bilan ishlash
imkoniyatini ta’minlash. TWAIN-interfeysi tufayli TWAINni
quvvat laydigan amaliy dasturlar, masalan, CorelDraw, Picture
Publisher, PhotoFinish ishlayotganda bir vaqtning o‘zida
tasvirlarni kiritish mumkin. Demak,
ixtiyoriy TWAINni
quvvatlaydigan dastur TWAIN ni quvvatlaydigan skaner bilan
birga ishlay oladi.
Tasvir ko‘rinishlari kompyuterda turli, masalan, TIFF, RSX,
VMR, GIF va boshqa formatdagi grafik fayllarda saqlanishi
mumkin. Rasmni skanerlashda olingan fayl katta o‘lchamli
va hajmli (10–100 MBayt) bo‘
lishi mumkin. Saqlanayotgan
axborotning
hajmini kamaytirish uchun, odatda, bunday fayllarni
kompressiyalash (siqish) jarayoni qo‘llaniladi.
Epson skanerlari uchun majmua tarkibida qabul qilingan
tasvirni skanerlash va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan
masalalarni baja ruvchi dasturiy ta’minot mavjud bo‘ladi.
Epson Scan.
Epson Scan dasturi yordamida hujjat yoki
shaffof rasmni skanerlash mumkin. Avtomatik ish tartibidan
foydalanib, dastur barcha ishni o‘zi
bajaradi, faqat hujjat
yoki shaffof rasmni skanerga joylashtirish va tugmani bosish
lozim.