N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish




Download 8,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/143
Sana17.05.2024
Hajmi8,13 Mb.
#240066
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   143
Bog'liq
shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

lazerli printer 
 
Canon lBP-2900.
lazerli printerlar
. Lazerli print-
erlar bosmaning fotosurat sifatiga yaq-
in bo‘lgan ancha yuqori sifatga ega.
Bunday apparat ichida (5.8-rasm) 
baraban joylashgan, bu barabanga 
bosib chiqarilishi kerak bo‘lgan tasvir 
yoki matnga tegishli elektr zaryad 
yo‘naltiradi.
Bu zaryad o‘ziga tonerni torta di 
(toner – maxsus kukun, printer mo- 
deliga qarab – qora yoki rangli). 
So‘ngra bu kukun qog‘oz varag‘iga (yoki oraliq axborot 
tashuvchiga, so‘ngra qog‘ozga) o‘tkaziladi. Tasvir qog‘oz 
varag‘idan to‘kilib ketmasligi uchun toner qog‘ozga mah-
kamlaydigan maxsus isitgich orqali o‘tkaziladi. Shuning hisobiga 
bosma jarayoni uzoq vaqt davom etganda noxush hid paydo 
bo‘ladi. Umuman, nafaqat maxsus isitgich o‘zidan noxush xid 
chiqaradi, balki lazerli printerlar ishlash jarayonida zararli ozon 
gazi ajratadi.


95
5.9-rasm. 
lazerli printerning 
 
ishlash prinsipi.
Baraban
Tonerli rolik
Lazer
Ko‘zgu
5.10-rasm. 
Yorug‘lik
 
diodli printer.
Lazerli printerlarning afzalliklariga uning sifati va bosma 
tezligining juda yuqoriligini kiritish mumkin (5.9-rasm).
Ko‘p vazifali qurilmalar. 
Ko‘p vazifali qurilmalar (KVQ) 
yoki kombinatsiyalangan qurilmalar – qo‘shimcha skanerlash 
funksiyasiga ega bo‘lgan printerlarning bir turi hisoblanadi. Shu 
tarzda bunday qurilmalarda murakkab bo‘lmagan tasvirlarga 
ega bo‘lgan matnli hujjatlarni skanerlab, shu vaqtning o‘zida 
uni bosmaga chiqarish mumkin. Odatda, bunday qurilmalarga 
kompyuter ishtirokisiz nusxa olish funksiyasi kiritiladi. Modem 
bloki qo‘shilsa, u holda faksimil xabarlarni jo‘natish va qabul 
qilish imkoniyati yuzaga keladi.
Ko‘p vazifali qurilmalar ofislarda qo‘llanilishga mo‘l jallab 
ishlab chiqarilganligi uchun ularni uy sharoitida ishlatish maq-
sadga muvofiq bo‘lmaydi. Qolaversa, yuqo ri sifatli skanerlash va 
bos maga chiqarish uchun bu turdagi qurilmalar yaramaydi. Biroq 
so‘nggi paytlarda uy sharoitida fotosuratlar bilan ishlash uchun 
qulay bo‘lgan KFKlar ishlab chiqarilmoqda.

Download 8,13 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   143




Download 8,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish

Download 8,13 Mb.
Pdf ko'rish