|
Qalam – peroli plotterlar (pen/pencil)Bog'liq shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatishQalam – peroli plotterlar (pen/pencil).
Qalam – peroli plot-
terlar peroli plotterlarning turlariga kiradi. Ular oddiy qalam
grifillarini qo‘llash uchun ixtisoslashtirilgan maxsus mexanizm-
li yozuv bog‘lamalarini o‘rnatish imkoniyati mavjudligi bilan
farq lanadi. Bu mexanizmlar grifilni qog‘ozga doim bosib tu
rishni va uni ma’lum vaqtida avtouzatishni ta’minlaydi.
Natijada,
bo‘yoqlar oqib chiqish kanalining to‘lib-tiqilib qolishi mumkin
bo‘lgan peroli plotterlarini ishlatish jarayonidagi singari, axborot-
ni kiritish jarayonini kuzatish talab etilmaydi.
Flomasterli va sharikli peroli plotterlar o‘z hususiyatlariga
ko‘ra ko‘rib chiqilgan plotterlar orasida oraliq o‘rinni egallaydi.
Oqimli plotterlar (inkjet plotter).
Tasvirlarni yaratishning
oqimli texnologiyasi 70-yillardan ma’lum, biroq uning bozordagi
ilk ko‘tarilishi Canon firmasi tomonidan siyohlarni bir marttalik
bosmaga chiqarish moslamasining yuzlab mayda forsunkalari
yordamida qog‘ozga sochishga yo‘naltirilgan reaktiv pufakchalar
(Bubblejet) texnologiyasini yaratishi tufayli sodir bo‘ldi. Har
bir forsunkaga o‘zining mikroskopik isituvchi elementi (elektr
impuls ta’sirida juda tez 7–10 μs qizuvchi – termoqarshilik)
mos keladi. Siyohlar qaynaydi va natijada bug‘lar hosil qilgan
pufakchalar forsunkadan siyoh tomchilarini itarib chiqaradi.
Impuls to‘xtashi bilan termoqarshilik xuddi shunday tez soviydi,
pufakchalar esa g‘oyib bo‘ladi.
Bosmaga chiqarish moslamalari
«rangli» bo‘lishi va bir nechta
forsunkalar guruhiga ega bo‘lishi
mumkin (5.11-rasm). To‘liq rang-
li tasvir yaratish uchun poligrafiya
uchun standart bo‘lgan CMYK
rang
lar sxemasi qo‘llaniladi. Bu
sxema to‘rtta rangdan foydalanadi:
Cyan – ko‘k, Magenta – to‘q qizil,
Yellow – sariq va Black – qora.
5.11-rasm.
|
| |