110
1. Dinamik mikrofon:
– g‘altakli.
– tasmali.
2. Sig‘imli mikrofon:
– Elektretli mikrofon – sig‘imli mikrofonning bir turidir.
3. Ko‘mirli mikrofon.
4. Pezomikrofon.
Mikrofonlar quyida keltirilgan tavsiflar bilan baholanadi:
– sezgirligi;
– amplituda-chastotali ko‘rsatkichi;
– mikrofonning akustik ko‘rsatkichi;
– yo‘naltirish ko‘rsatkichi;
– mikrofonning shaxsiy shovqini darajasi.
Naushniklar –
musiqani, nutqni yoki boshqa tovushli
signallarni shaxsiy eshitish uchun mo‘ljallangan qurilmadir.
Mikrofon bilan bitta majmuada telefon yoki
boshqa ovozli
aloqa vositalari orqali muzokaralar olib borishga mo‘ljallangan
vositalar bo‘lishi mumkin (6.8-rasm).
Elektr signalni uzatish usuli bo‘yicha
naushniklarning
quyidagi turlari mavjud:
Simsiz
naushniklar
Koss qoplamali
naushniklar
Quloq ichiga
qo‘yiladigan
naushniklar
Mikrofonli
naushniklar
6.8-rasm.