• Kengaytirish razyomini tanlash.
  • N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/143
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,13 Mb.
    #240066
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   143
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

    6.3. Tovush platasini o‘rnatish
    Tovush platasini o‘rnatishdan oldin, tizimli blokni ochish 
    kerak bo‘ladi.
    Barcha zamonaviy tovush platalari Plug and Play standartini 
    qo‘llovchi PCI formatli platalarda ishlab chiqariladi. ISA pla-
    talariga qaraganda zamonaviy PCI platalari apparat resurslarini 
    kamroq talab etadi, markaziy protsessorga kamroq yuklama 
    bilan ta’sir o‘tkazadi hamda zamonaviy hajmli tovushning API 
    interfeysini ham qo‘llaydi. Bu interfeys zamonaviy kompyuter 
    o‘yinlarining barchasida keng qo‘llaniladi.
    Kengaytirish razyomini tanlash.
    Agar bir necha razyomlar 
    bo‘sh bo‘lsa, yangi platani ulardan uzoqroqga joylashtirish 
    lozim. Bunda ularning tarafidan kelayotgan xalallar ancha 
    pasayadi, bu tovush platasi uchun muhimdir, chunki xalallar 
    yangrayotgan tovushning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Tanlangan kengaytirish sloti ustida joylashgan orqa metall 
    panel mahkamlangan vintni burab bo‘shating. O‘rnatish jarayo-
    nida plataning metall tayanchi va qirralarini ushlang. Bunda 
    plataning hech qaysi tarkibiy qismiga tegmang, chunki statik 
    elektr zaryadlari uning qurilmalarini ishdan chiqarishi mumkin. 
    Razyomning tilla rang bilan qoplangan kontaktlariga tegmang. 
    Agar sizda antistatik bilakuzugingiz bo‘lsa, uni taqib oling.
    Tovush kartasining razyomlarini tanlashda ularning tizimga 
    ulanishi kerak bo‘ladigan tashqi kabellariga e’tibor berish lozim, 
    chun ki ular oldindan tizimga ulangan simlarga halaqit berishlari 
    mumkin.
    Tovush platasining kabelini boshqa kabellardan chekkada 
    «o‘tkazish» imkonini beruvchi razyom eng qulay variant 
    hisoblanadi. Tashqi interfeys modulli audioadapterni (Sound 
    Blaster Live yoki Audigy) o‘rnatganda, yassi kabelni audio-
    adapterdagi mos keladigan razyomga bemalol ulash mum kin-
    ligiga amin bo‘ling.


    113

    Download 8,13 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   143




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish

    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish