124
HDTV tyuneri
uchun kirish
S-video kabeli
razyomi
Televideniya uchun analog
kirish va FM-radio
Stereotovush uchun kirish
PCI-Express x1
konnektori
7.6-rasm.
PCI Express x1 interfeysli TV Wonder 650 adapteri.
7.2. Monitorlarni ulash
Videoadapter o‘rnatilgandan so‘ng ShK g‘ilofining orqa
panelida monitorni ulash uchun razyomni ko‘rish mumkin.
Suyuq kristalli monitorlarni ulash
. Suyuq kristalli moni-
torlar tabiatan raqamli bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik integral-
lashtirilgan grafik nimtizimli
kompyuterlar yoki tizimlar,
monitorlarni ulash uchun faqat analog portlarga ega. Shuning
uchun standart suyuq kristalli monitor analog VGA port
bilan
ham, raqamli DVI porti bilan ham jihozlangan bo‘lishi mumkin.
ENN-monitorlarni ulash uchun interfeyslar.
Ko‘pgina
ENN-mo nitorlar an’anaviy 15 kontaktli VGA portlariga ulash
uchun mo‘l
jallangan, shunga qaramasdan ularning ba’zi bir
professional modellari BNC ga ulanishni qo‘llaydilar. Ba’zi bir
monitorlarning eski modellari ham DVI porti bilan jihozlagan.
Bir vaqtning o‘zida bir necha monitorlarni ulash.
Ko‘pgina videokartalarda bir necha (ikkita) chiqish portlari
mavjud, shuning uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta displeydan
foydalanish imkonini beradi. Macintosh
tizimlarida bunday
imkoniyat bir necha yil oldin ko‘zda tutilgan edi.
125
7.7-rasm.
Bitta dasturni bir necha monitorning ekranida aks ettirish
uchun mo‘ljallangan Matrox DualHead2Go qurilmasidan foydalanish.
Endi bu imkoniyat Windows 98/2000/XP/Vista operatsion
tizim larida mavjuddir. Windows 98 operatsion
tizimi bir vaqtning
o‘zida har biri turli ko‘rinishdagi ishchi stolni ifoda qiladigan
to‘qqiztagacha (Windows 2000/XP da o‘ntagacha)
monitor
va videoadapterlardan foydalanish imkonini beradi. Windows
Vista operatsion tizimida bir necha monitorni qo‘llash ish tartibi
Windows XP operatsion tizimidan farq qiladi. Bu yerda hammasi
qo‘llanilayotgan WDDM monitor drayveriga bog‘liqdir. Bir
necha monitorni qo‘llash vaqtidagi sozlashda
operatsion tizim
videoxotirada virtual ishchi stolni (displeyni) yaratadi (7.7-rasm).
Virtual ishchi stolning turli qismlarini aks ettirish uchun bir
necha monitorlardan foydalaniladi, bunda turli ilovalarning
muloqat oynasi alohida monitorlarda joylashtiriladi.
7.8-rasmda tizimli plata razyomiga videoadapterni o‘rnatish
(
a
) va uni vint bilan mahkamlash (
b
) ko‘rsatilgan.
a
)
b
)
7.8-rasm.