119
necha standartlar ishlab chiqarilgan. Ularning
har bir keyingi
yaratilganiga nisbatan yuqori darajadagi tiniqlik va rang jilosini
ta’minlar edi. Quyida videoadapterlarning standartlari keltirilgan.
– MDA (Monochrome Display Adapter)
– HGC (Hercules Graphics Card)
– CGA (Color Graphics Adapter)
– EGA (Enhanced Graphics Adapter)
– VGA (Video Graphics Array)
– SVGA (Super VGA)
– XGA (eXtended Graphics Array)
– UGA (Ultra Video Graphics Array)
Bu standartlarning ko‘pchiligi avval IBM
kompaniyasi
tomo nidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, so‘ngra boshqa ishlab chi-
qaruvchilar tomonidan litsenziyalandi. Hozirgi
vaqtda IBM
yuqori sifatli monitorlarni ishlab chiqarish birinchiligini boshqa
kompaniyalarga berib qo‘ydi, keltirilgan standartlarning ko‘p-
chiligi esa eskirgan standartlardir. VGA standarti bundan mus-
tasno; har qanday video adapter tomonidan qo‘llaniladigan bu
abbreviatura bilan monitorning asosiy imkoniyatlari belgi lanadi.
Har qanday monitor uchun signalni uzatadigan manba kerak.
Signallar monitorga kompyuterga o‘rnatilgan videoadapterdan
uzatiladi. ENN yoki suyuq kristalli monitorlarning tizimli blokka
ulanishining quyida keltirilgan uchta usuli mavjuddir:
1. Kengaytirish platalari. Bu vaziyatda PCI-Express, AGP
yoki PCI interfeysli alohida kengaytirish platalaridan foydalanish
ko‘zda tutilyapti. Bunda
yuqori tezlik, katta xotira hajmi hamda
ko‘p sonli funksiyalarni qo‘llash ta’minlanadi.
2. Tizimli plata ichiga joylashtirilgan grafik protsessor.
Kengay
tirish platalariga nisbatan tezligi past bo‘lgani bilan
eskirgan yechimlarni qo‘llashi bilan ustun turadi.
3. Grafik o‘zagi (yadro) ichiga joylashtirilgan mikrosxemalar
to‘plami. Bu narxi bo‘yicha arzon turi bo‘lib, ularning tezligi
120
juda past, ayniqsa tasvirlar bilan ishlaydigan ilovalarni ishga
tushirganda bilinadi.
PicoBTX, microATX, FlexATX,
microBTX yoki Mini-ITX
standartidagi tizimli platalarni qo‘llagan kompyuterlar Intel, VIA
Technology, SiS kompaniyalari ishlab
chiqargan mikrosxemalar
to‘plami ichiga joylashtirilgan grafik o‘zak (yadro) bilan
jihozlangan. microATX standartidagi ba’zi
bir tizimli platalar PCI-
Express x16 yoki AGP videoadapterini o‘rnatishga yo‘l qo‘yadi.
«Grafik adapter» atamasini «videoadapter» atamasi bilan
almashtirsa bo‘ladi, chunki IBM kompaniyasi ishlab chiqargan
MDA monoxrom adapterlaridan boshlab hamma videokartalar
matnni aks etganidek, tasvirni ham aks etadi.
Videoadapterning ish faoliyati uchun
quyidagi komponentlar
bo‘lishi kerak:
– Video-BIOS;
– grafik protsessor;
– videoxotira;
– raqamli-analogli o‘zgartirgich (DAC);
– razyom;
– videodrayver.