6.9-rasm. Kompyuterga o‘rnatilgan tovush platasi: 1 – mahkamlovchi vint;
2 – avtojavobgar, analogli audiorazyom;
3 – SD-audio
analog kabeli;
4 – Aux in analogli razyom;
5 – 8V 1394 (IEEE-1394a) kirish-
chiqish razyomi;
6 – CD SPDIF raqamli audiokabel;
7 – Auding
qurilmasining
kirish-chiqish kabeli;
8 – o‘yin porti moslamasining kontaktlari (djoystik).
6.9-rasmda kompyuterga o‘rnatilgan tovush platasi
ko‘rsatilgan. Unga optik jamlagichlarga olib boradigan 4 ta simli
analog va 2 ta simli raqamli kabellar hamda platani ichki modul
bilan bog‘lovchi maxsus yassi kabellar ulangan.
Platadagi tovush razyomiga CD-ROM jamlagichining tovush
kabelini ulang. Bu razyom to‘rtta kontaktli bo‘lib, unga to‘g‘ri
o‘rnati lishi uchun maxsus belgi qo‘yilgan.
Ba’zi bir yangi CD va DVD jamlagichlar ikki razyomga ega
bo‘lgan maxsus raqamli audiokabel bilan jihozlangan. Kabelning
bir uchini jamlagich razyomiga, ikkinchi uchini esa tovush
platasining CD SPDIF yoki CD Digital Audio razyomiga ulang
(6.9-rasm). Shundan so‘ng tovush fayllarini raqamli o‘zgartirish
va musiqiy kompozitsiyali egiluvchan disklar asosida MP3
fayllarni yaratishni amalga oshirish mumkin.
Endi platani razyomga o‘rnatish mumkin. Avval o‘zingizdan
elektrostatik zaryadlarni olish uchun kompyuterning metall
114
qopqo g‘ini ushlang. So‘ngra platani chekkasidan ushlab turgan
holda kengaytirish slotining ariqchasimon o‘yiq joyiga o‘rnating.
Platani qotirish vintlarini burang va kompyuterni yig‘ing.
Akustik tizimlarni ulash va tovush platasini o‘rnatishni