115
Mikrofonlar.
Odatda, mikrofonlar
tovush platasi majmuasida
bo‘lmaydi, ammo ular sizga WAV fayliga nutqni yozish uchun
kerak bo‘ladi. Mikrofonlarni tanlash juda oson: uning razyomi
(odatda, diametri 1/8 dyuym) tovushli plataning razyom qismiga
mos bo‘lishi kerak. Ko‘pchilik mikrofonlarga o‘chirib-yoqqich
o‘rnatilgan bo‘ladi.
Shuningdek, Windows miksheridagi belgini
olib tashlash orqali ham o‘chirish mumkin.
Mikrofon yozish shartlariga mos bo‘lishi kerak.
Shovqinli
joylarda ishlashda yo‘naltirgichli mikrofonlardan foydalanish
maqsadga muvofiq bo‘ladi, bu o‘z o‘rnida turli begona tovush
lardan xolos bo‘ lish imkonini beradi.
Umumiy suhbatni yozish uchun yo‘naltirilmagan mikrofon-
lardan foydalaniladi. Agar qo‘llaringiz bo‘sh turishini xohla-
sangiz, mikrofon tagligidan foydalaning.