128
7.12-rasm.
Proektorlarning turlari.
LCD-panelning yoki DMD-chipning ruxsat berish xususiya ti
ham proektorni tanlashga ta’sir ko‘rsatadigan muhim ko‘rsatkich-
lardan biri. Ko‘pchilik panellar va
chiplar kompyuterlar uchun
qabul qilingan 640×480 (VGA), 800×600 (SVGA), 1024×768
(XGA), 1280×1024 (SXGA) kabi standart ruxsat berish
xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqariladi. Oxirgi
vaqtlarda asosan videotasvirlarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan,
ruxsat berish xususiyati 1366×768 bo‘lgan Wide XGA
standartining LCD-panelli multimedia-proektorlari yaratildi.
Ularning vujudga kelishi ekran tomonlarining nisbati
an’anaviy bo‘lgan 4:3 o‘rniga tomonlar nisbati 16:9 bo‘lgan
«keng» ekranlarning ommabopligi bilan belgilandi.
Web-kameralar.
Web-kamera –
bu videokamera, kompres-
siya
lash protsessori va joylashtirilgan web-serverdan tashkil
topgan raqamli qurilmadir. Web-kamera videokuzatuvni tashkil
qilish va LAN/WAN/Internet tarmoqlari bo‘yicha videotasvirni
uzatish uchun mo‘ljallangan (7.13-rasm).
Web-kamera tarmoqda ishlashi
uchun maxsus qurilma va
shaxsiy kompyuter talab qilinmaydi.
7.13-rasm.