122
rasi ham ishlatiladi. Videokartaning xotira sig‘imi
qancha katta
bo‘lsa, shuncha grafik ma’lumotlarni mahalliy saqlash mumkin,
ya’ni ularni olish uchun kompyuter xotirasiga murojaat qilishga
o‘rin qolmaydi.
Taktlash
chastotasi, xotira hajmi va shina kengligi bilan
farq qiluvchi ikkita videokarta orasidan xotira hajmi kichik va
kengligi katta bo‘lgan shinali videokartani tanlash kerak.
Raqamli-analogli o‘zgartirgich.
Videoadapterning raqamli-
analogli o‘zgartirgichi (odatda, RAMDAC deyiladi) kompyuter
tomonidan yaratilayotgan ra qamli tasvirni
monitorda aks etadi-
gan analog signalga o‘zgar tiradi.
Razyom.
Turli videoadap terlar har xil tizim shinalari bilan
birgalikda foydala nish uchun ishlab chiqarilgan. Dastlabki IBM
MCA, ISA, EISA va VL-Bus kabi stan dart shinalar VGA stan-
dartining adapterlari bilan birgalikda ishlatilar edi.
Ularning
hozirgi vaqtda qo‘llanilmasligi bunday masalalarni yechishga
ularning tezligining pastligi bilan bog‘liq. Zamonaviy video-
adapterlar PCI, AGP va PCI-Express shinalari
uchun ishlab
chiqarilyapti.
Videokarta o‘zining inter
feys qismi bilan kompyuterning
tizimli platasiga o‘rnatiladi. Bu
slot yordamida kompyuter va
videokarta o‘zaro axborot almashadi (7.4-rasm).
7.4-rasm.
Videokartaning interfeys qismi.
123
videodrayver.
Dasturiy drayver – bu videotizimning
ele
menti bo‘lib, uning yordamida dasturiy ta’minotning
videoadapter bilan aloqasi amalga oshiriladi. Videoadapter
yuqori tezlikda ishlaydigan protsessor va eng samarali xotira
bilan jihozlangan bo‘lsa ham, yomon
drayver bu xususiyatlarni
yo‘q qilishi mumkin. Videodrayverlardan videoadapterning
protsessorini quvvatlash uchun foydalaniladi.
Eng unumdorli videoadapterlardan biri 7.5-rasmda ko‘rsa-
tilgan. Uning ba’zi bir komponentlari ventilator va issiqlik
yo‘naltirgichni o‘z tarkibiga olgan grafik protsessorning (GPU)
sovitish tizimi ostida joylashgan.
Asosan, hamma videoadapterlar uch o‘lchamli grafikaga katta
tezlikda ishlov beruvchi mikrosxemalar to‘plamidan foydalanadi.
7.6-rasmda TV-tyuner, videokirish va videochiqish funksiyalari
bilan jihozlangan ATI TV Wonder 650 adapteri ko‘rsatilgan.
Bu adapter PCI Express x1
interfeysi, analog telesig-
nallarning, FM-radio, S-video, stereo-audio va HDTV tele-
signalining kirishi
bilan jihozlangan, ammo boshqa platalarda
PCI interfeysi amalga oshirilgan.
Ventilator
g‘ilofi
Ventilator
Sovitish tizimi
uchun havo
kiritgich
S-video
(TV chiqish)
DVI-I porti
Issiqlik
yo‘naltirgich
PCI-Express x 16 kontakti
7.5-rasm.