• 7-bob . aXBoroTNI aKS ETUvchI TIZIMLar 7.1. Monitorlar va videoadapterlar
  • Monitor (displey)
  • Videoadapter
  • N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/143
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,13 Mb.
    #240066
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   143
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

    NaZoraT SavoLLarI
    1. «Tovush adapteri» tushunchasiga ta’rif bering.
    2. Tovush adapterining asosiy ko‘rsatkichlari qaysilar?
    3. Tovush adapterining asosiy razyomlari va ularning vazifalari.
    4. Tovush adapterining ichki komponentlarini sanab o‘ting va qisqa ta’rif 
    bering.
    5. Akustik tizimlar tarkibiga nimalar kiradi?
    6. Tovush kartasini o‘rnatish bosqichlarini sanab o‘ting.
    7. Mikrofon va naushniklarning vazifalarini tushuntiring.


    116
    7-bob
    . aXBoroTNI aKS ETUvchI TIZIMLar
    7.1. Monitorlar va videoadapterlar
    Hozirgi vaqtda kompyuter monitorlarining rivojlanishi eng 
    yuqori cho‘qqini zabt etdiki, apparat ta’minotini sinchiklab 
    o‘rga nish zamon talabi bo‘lib qoldi. Sekin ishlaydigan video-
    adapter hatto tezligi katta bo‘lgan kompyuterning ishini ham 
    sekinlashtiradi. Monitor va videoadapterning noto‘g‘ri birikmasi 
    nafaqat belgilan gan masalani to‘laqonlik bilan bajarish imkonini 
    bermaydi, balki foydalanuvchining ko‘rish qobiliyatining pa-
    sayishiga ham olib keladi.
    Kompyuterning axborotni aks etuvchi tizimi ikkita asosiy 
    komponentdan tashkil topgan.
    Monitor (displey),
    odatda, suyuqkristalli ekran yoki elektron-
    nurli trubkaning oldi paneli ko‘rinishida bo‘ladi, ammo 
    keng formatli televizor ham, LCD va DLP texnologiyasidan 
    foydalanuvchi plazmali panel va proektor ham bo‘lishi mumkin.
    Videoadapter 
    (grafik adapter yoki videokarta) ko‘pchilik 
    tizimlarda tizimli plataning razyomlaridan biriga o‘rnatiladigan 
    kengaytirish platasi ko‘rinishida bo‘ladi. Ba’zi bir tizimlarda u 
    tizimli plata ichiga joylashtirilgan yoki uning mantiqiy tizimli 
    mikrosxemalar to‘plamiga kiritilgan bo‘ladi, ammo bunday 
    kompyuterlarni ham unumdorligi yuqori bo‘lgan AGP, PCI yoki 
    PCI-Express videoadapterlari bilan jihozlash mumkin.
    Odatda, monitor ikkita asosiy texnologiyadan biriga asosla-
    nadi: suyuqkristalli displey LCD (Liquid Crystal Display) yoki 
    elek tron – nurli trubka CRT (Cathode-Ray Tube). Proektorlar 
    LCD yoki DLP (Digital Light Processing – yorug‘likka raqamli 
    ishlov berish) texnologiyasiga asoslanadi.


    117
    Hozirgi vaqtda ham matnli (matnli ish tartibida), ham grafik 
    (grafik ish tartibida) axborotni aks etuvchi universal tipdagi disp-
    leylar ishlab chiqarilmoqda.
    Monitorlarni ishlab chiqarishning asosiy variantlarini ko‘rib 
    chiqamiz.

    Download 8,13 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   143




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish

    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish