111
–
simli
–
manba bilan sim orqali ulangan, shuning uchun
yuqori sifatni ta’minlaydi;
–
simsiz
– manba bilan simsiz kanal, infraqizil,
Bluetooth
yor damida ulangan. Ixcham, ammo ta’sir ko‘rsatish radiusi
chek
langan. Simli naushniklarga
qaraganda tovushni
eshittirish sifati past.
Kanallar soni bo‘yicha
quyidagi turlari mavjud
:
–
stereofonik
– signallar har bir radiokarnayga alohida kanal
bo‘yicha uzatiladi (eng ko‘p tarqalgan turi);
–
monofonik
– umumiy signalga ega bo‘lgan
ikkita
radiokarnayga ega;
–
qo‘shimcha kanalli
– har bir quloq uchun bittadan ko‘p
radio
karnay mo‘ljallangan, bu o‘z o‘rnida kanallarni
chastota ko‘rsat kichlari bo‘yicha bo‘lish imkonini beradi.
Tuzilishi bo‘yicha
quyidagi turlarga bo‘linadi
:
–
quloq ichiga qo‘yiladigan
– quloq chig‘anog‘iga
joylashtiri ladigan;
–
ichki kanalli
– quloq kanaliga joylashtiriladigan;
–
qoplamali
– quloqni qoplaydigan;
–
to‘liq o‘lchamli yoki monitorli
–
quloq ustini butunlay qop-
laydigan.
Naushniklarning asosiy
texnik tavsiflari
quyidagilar:
– chastotali diapazonlar – chastotali ko‘rsatkichlarning
o‘rtacha qiymati 18–20 000 Hz;
– sezgirligi – tovushning balandligiga ta’sir ko‘rsatadi,
odatda, 100 dB dan kam bo‘lmaydi;
– qarshiligi;
– maksimal quvvati.
Internet orqali suhbatlashish uchun ovozli kanal dasturini
qo‘llaganda, tovush kartasiga ulangan turli xil mikrofonlardan
foydalaniladi. Foydalanuvchilar orasida
tarkibiga mikrofon
o‘rnatilgan naushniklar keng qo‘llaniladi (6.8-rasm).