• Turli xil qo‘shimcha platalarni ulash uchun mo‘ljallangan razyom
  • Tovush adapterining ichki komponentlari O‘zgartirgichlar
  • Taktlash chastotasi generatori
  • 6.2. Akustik tizim
  • Modem ulanishi uchun kirish-chiqish




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/143
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,13 Mb.
    #240066
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   143
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

    Modem ulanishi uchun kirish-chiqish
     
    (MPC-3 Modem-
    in/out) – ushbu razyom modemni ulash uchun qo‘llaniladi. U 
    internet orqali teleanjuman o‘tkazish uchun zarurdir. Bu razyom 
    yashil rangda bo‘ladi.
    Turli xil qo‘shimcha platalarni ulash uchun mo‘ljallangan 
    razyom
    – eng katta o‘lchamga ega va IDE ga juda o‘xshaydi. 
    Tovush kartasiga ulangan qo‘shimcha platalar uning imkoniyatini 
    kengaytiradi. Undan tovush bilan ishlovchi mutaxasislar 
    foydalanadilar.
    Ba’zi tovush kartalari joyni tejash uchun tashqi panelida 
    tashqi qurilmaning birdaniga bir nechta razyomlari (S/PDIF, 
    Line-in/out va MIDI) ulanishi mumkin bo‘lgan bitta maxsus 
    razyom qismiga ega.
    Tovush adapterining ichki komponentlari
    O‘zgartirgichlar 
    – ular barcha stereo kanallarda mavjud 
    bo‘lib, analogli-raqamli (ARO‘) va raqamli-analogli (RAO‘) 
    o‘zgartirgichlar deb ataladi. ARO‘ chiziqli kirish yoki mikrofondan 
    kelayotgan analog signalga ishlov berib, uni raqamli signalga 
    aylantiradi. RAO‘ raqamli signalni analog signalga o‘zgartirib, 
    uni chiziqli chiqishga uzatadi. Hosil qilingan tovushning sifati 
    o‘zgartirgichning bitli chuqurligiga bog‘liq.


    107
    Taktlash chastotasi generatori
    – sinxronlashtirilgan signalni 
    o‘zgartirgichga uzatadi, shu bilan birga axborotga ishlov berish 
    tezligini belgilaydi.
    Protsessor
    – biz kolonkadan eshitayotgan analog tovushni 
    shakllantiradi. Protsessor tovush kartasi imkoniyatlarini belgilaydi. 
    U kompyuterning markaziy protsessori, operatsion tizimi va tovush 
    eshittirish tizimi orasida «aloqachi» hisoblanadi. Tovush kartasi 
    protsessori tovushga ishlov berish bilan bog‘liq ishni bajaradi.
    6.2. Akustik tizim
    Tovush kartasi qanday xususiyatlarga ega bo‘lmasin, undan 
    foydalanish akustik tizimsiz amalga oshmaydi. Eng sodda tovush 
    kartasi, naushnik yoki bir juft kolonkani ulash mumkin bo‘lgan 
    chiziqli chiqish razyomiga ega.

    Download 8,13 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   143




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish