102
til sanoatda qo‘llaniladigan standart bo‘lib qolgan. Roland
firmasining DXY plotterlari ham yaxshi modellar hisoblanadi.
Qolaversa bularning hammasi HP va HP-GL bilan moslashuvchi
ekanligidan tashqari, ushbu modellar xususiy DXYGL grafik
tilidan foydalanadi.
Plotterlarda maxsus (masalan, elektrostatik) texnologiyalar
singari, printerlar bo‘yicha bizga ma’lum bo‘lgan (termo-,
lazerli, LED, oqimli) texnologiyalar ham qo‘llaniladi. Bugungi
kunda oqimli qurilmalar keng tarqalmoqda. Masalan, plotterlar
DesignJet oilasining Hewlett-Packard plotterlari A0 va A1
formatda, peroli plotterlarga nisbatan 4–5 barobar tezroq
ishlaydi. Bunda ikkita oqimli siyohli kartridjdan foydalanib,
oqimli printer 300 dpi ruxsat berishdan past ishlamaydi va
ikkita ish tartibiga ega: toza va eskizli. Eskizli (qora) ish
tartibida algoritm, siyohning sarflanishini qariyb ikki barobarga
qisqartiradi. Odatda, oqimli plotterlar Epson 1050 va IBM
ProPrinter XL24E kabi mashhur printerlari kabi ishlay oladi.