103
6-bob
. aUdIo jIhoZLar
Bugungi kunda tarkibida tovush adapteri va
akustik tizimlar
bo‘lgan audio tizimlar deyarli istalgan kompyuter tizimlari konfi
guratsiyasining ajralmas qismi bo‘lib qolgan.
6.1. Tovush adapteri
Biz bugungi kunda turli xil kompaniyalar o‘rtasidagi raqobat
tufayli tovushni yuqori sifatli qayta ishlash va yangratish
dasturlari va qurilmalaridan foydalanish imkoniyatiga egamiz.
Tovush adapteri
(tovush platasi) –
bu kompyuterga tovushli
axborotni yozish va eshittirishga imkon beruvchi qurilmadir.
Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan
deyarli barcha tizimli
platalar tarkibida ko‘plab foydalanuvchilarning
talablarini qondira
oluvchi joylashtirilgan tovush platalari mavjud (integrallashtirilgan
video karta bilan aynan bir xil). Yanada
kuchli tovush adapteri
alohida kengaytirish platasi ko‘rinishida bo‘ladi (6.1-rasm).
6.1-rasm.