104
Zamonaviy kompyuterlarda tovushni apparat darajasida quv-
vatlash quyidagi shakllar dan birida amalga oshirilishi mumkin:
– PCI shinasi razyomiga o‘rnatiluvchi tovush pla tasi;
– Crystal, Analog Devices, Sigmatel, ESS
va boshqa
kom
paniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tizim
platasidagi AC’97 mikrosxemasi;
– tizimli plata mikrosxemalarining asosiy to‘plamiga
integral-
lash
tirilgan tovush qurilmasi. Bunday imkoniyatlarga ega
bo‘lgan arzon mikrosxema to‘plamlariga Intel, SiS, AOpen va
VIA Technologies kompaniyalarining mahsulotlari taalluqlidir.
Tovush platasini tanlashda quyidagi axborotlarni
hisobga
olish kerak.
Tovush adapteri razyomlari
–
tovush
adapteri qanday
bo‘lishidan qat’iy nazar tizim blokining orqa tarafida rangli
razyomlar mavjud (6.2-rasm).
Chiziqli chiqish
(
Line-out) – faol
kolonkalar va naushniklar
ulanadigan stereo chiqish. Bu razyom yordamida magnitofon
kolonkasi yoki musiqiy markaz orqali musiqani eshittirish hamda
unga yozish uchun kompyuterga
har xil musiqiy jihozlarni
(masalan, magnitofon yoki musiqiy markaz) ulash mumkin.
6.2-rasm.
Tizimli plataga joylashtirilgan tovush adapterining
audio razyomlari.
105
Line In Mic In
Head Out
Line Out
MIDI/Game
6.3-rasm.
Tovush adapterining asosiy razyomlari.
Chiziqli kirish
(Line-in) – boshqa eshittirish qurilmalarini
ulash uchun stereo kirishdir.
U boshqa qurilmalardan
kompyuterga tovushni yozish imkonini beradi. Odatda, Line-in
razyomi ko‘k rangda bo‘ladi (6.3-rasm).