• Analogli monitorlar.
  • Suyuq kristalli displeylar (lCD).
  • Gazoplazmali monitorlar.
  • N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/143
    Sana17.05.2024
    Hajmi8,13 Mb.
    #240066
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   143
    Bog'liq
    shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat korsatish

    Raqamli monitorlar
    . Eng oddiy monoxromli monitor faqat 
    oq-qora tasvirni aks etish imkonini beradi. Raqamli RGB-
    monitorlar (Red-Green-Blue) ham monoxromli, ham rangli (16 
    xil rang turi bilan) ish tartibini qo‘llaydi.
    Analogli monitorlar.
    Signallarni analogli uzatish kuchlanish-
    ning turli darajasi ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu chuqurlik 
    dara jasi turli xil bo‘lgan ranglar jilosini shakllantirish imkonini 
    beradi.
    Multichastotali monitorlar.
    Videokarta qatorning gorizon-
    tal chastotasiga va kadrlar takrorlanishining vertikal chasto-
    tasiga tegishli bo‘lgan sinxronlantirish signalini shakllantiradi. 
    Monitor bu qiymatlarni tanishi va unga muvofiq ish tartibiga 
    o‘tishi kerak.
    Suyuq kristalli displeylar (lCD).
    Ularning yaratilishi 
    kompyuterlarning og‘irligini va o‘lchamini kamaytirish uchun 
    olib borilgan ishlar bilan bog‘liq. Suyuq kristalli displeylarning 
    asosiy kamchiligi tasvirlarni yoki sichqoncha ko‘rsatkichining 
    harakatini tez o‘zgartirish imkonining yo‘qligidadir. Bunday 
    ekranlar qo‘shimcha yorug‘lik tizimiga yoki tashqi yorug‘likka 
    muhtojdirlar. Bu ekranning afzalliklari organizm uchun zararli 
    bo‘lgan spektrlarning sezilarli darajada kamayganligidir.
    Gazoplazmali monitorlar.
    Gazoplazmali monitorlarda LCD-
    ekranlarda bo‘lgan kamchiliklar mavjud emas, ammo elektr ener-
    giyani ko‘p iste’mol qiladi.
    Sensorli ekranlar guruhini alohida ajratib ko‘rsatish kerak, 
    chunki ular nafaqat ma’lumotlarni ekranga chiqarish, balki ularni 
    kiritish imkonini beradi, ya’ni ular kiritish/chiqarish qurilmalari


    118
    a

    b

    d
    )
    7.1-rasm. 
    zamonaviy monitorlarning turlari.
    sinfiga mansubdir. Bu yangi texnologiya uncha keng tarqal-
    magan. Bunday ekranlar kompyuter bilan muloqatning eng od-
    diy va qisqa yo‘lini ta’minlaydi, chunki sizni qiziqtirgan narsani 
    ko‘rsatishingiz yetarli bo‘ladi. Kiritish qurilmasi monitorning 
    o‘ziga joylashtirilgan bo‘lib, ko‘pincha axborot-qidiruv tizim-
    larida qo‘llaniladi. Monitorlarning asosiy variantlari 7.1-rasmda: 
    a
    ) elektron nurli nay (ENN); 
    b
    ) suyuqkristalli, 
    d
    ) gazoplazmali 
    ko‘rinishda tasvirlangan.
    Ofisda monitorning texnika xavfsizligini ish joyini ratsional 
    tashkil qilish bilan ta’minlash mumkin.
    Displeylarda nurlanish monitorning yon va orqa tomonida 
    kuchli bo‘ladi. Shuning uchun ko‘rsatma bo‘yicha foydalanuv-
    chining joyi boshqa foydalanuvchi monitorining orqa tarafida 
    bo‘lishi tavsiya etilmaydi. Videomonitorlar orasidagi tavsiya 
    etilayotgan masofa: orqa tomoniga 2 metrdan va yon tomoniga 
    1,2 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Shaxsiy kompyuterlar 
    joylashgan xona yetarli darajada keng bo‘lishi va havosi har 
    doim yangilanib turilishi lozim. Bitta displey uchun joylashish 
    maydonining minimal sanitar me’yori 6 m
    2
    ni tashkil qiladi.

    Download 8,13 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   143




    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva Shaxsiy KoMPyuter va ofis qUrilmaLarIGa texnik xizmat ko‘rSatish

    Download 8,13 Mb.
    Pdf ko'rish