93
mm ga tenglashtirish mumkin). Shuni aytib o‘tish kerakki,
barcha kompaniyalar ham asosiy e’tiborni tomchi kattaligiga
qaratmaydi. Shunday ayrim ishlab chiqaruvchilar (masalan,
NR) bosma sifatini noaniq tomchilar o‘lchamini kamaytirib
emas, balki ranglarni sifatli aralashtirish hisobiga oshirishga
harakat qiladilar. Umuman olganda, siyoh tomchilarning minimal
o‘lchami 1–1,5 (Canon va Epson da) dan 4–5 (Lexmark va NR
da) pikolitrgacha bo‘ladi.
Ranglar ikki guruhga bo‘linadi – pigmentli va suvda eruvchi.
Suvda eruvchi siyohlar surat va rasmlarning ranglarini yaxshiroq
aks ettiradi, vaholangki, ikkala variant ham ko‘pchilikning
e’tiboriga sazovor bo‘lgan. Pigmentli siyohlar suvga chidamli
bo‘ladi, suvda eruvchilari ham (agar ularni suvga solinmasa)
ba’zan juda chidamli bo‘ladi.