94
tugmalar yordamida foydalanuvchi tasvirni masshtablashi
va kerak bo‘lmagan sohasini olib tashlashi mumkin. Bundan
tashqari bosmaga chiqarishda turli effektlarni, masalan, rangli
suratni oq-qora rangda bosmaga chiqarish, monoxrom tasvirni
iliq rang chegaralarida jilo berishi mumkin.
Fotoprinterlar USB interfeysi va deyarli barcha turdagi flesh
kartalarini ulash uchun mo‘ljallangan slotlar bilan jihozlangan –
bu, raqamli fotokamerani va flesh kartalarni bevosita printerga
ulash imkonini beradi. Fotoprinterlar ko‘pincha I va II tipdagi
CompactFlash, SmartMedia, Sony Memory Stick, Secure Digital
va MultiMedia Cards xotira kartalarini o‘qiy oladi.
Fotoprinterlarning takomillashgan modellarining ruxsat berish
xususiyati 4800×1200 dpi gacha yetkazildi (real, ruxsat berish
xususiyati bari-bir 600×600 dpi ligicha qoladi).
5.8-rasm.