90
shaxsiy bo‘limlariga ega. Siyoh eritilib, keyingi bosmaga chiqa-
rish moslamasiga uzatiladi. Moslama esa aluminli barabanda
tasvirni hosil qiladi va undan qog‘ozga ko‘chiriladi. Siyohlar
barabanda qotib qolmasligi uchun ular qizdiriladi. Bosmaga
chiqarish moslamasining kengligi qog‘oz kengligi bilan teng.
Bosmaga chiqarish moslamasi – bu, pyezoelementlar bilan
ta’minlangan soplo blokidan (har bir rang uchun 112 tadan) ibo-
rat. Pyezoelement ishga tushishi bilan siyoh tomchilari baraban-
ga tushadi.
Qattiq siyohli bosmaning asosi shundaki – siyohlar bevosita
qog‘ozga bosilishidan oldin eritiladi. Siyohlarning asosiy tashkil
etuvchisi juda tez eriydigan, barabanga tushganda esa birdaniga
qotib qoladigan oddiy mumdir. Umuman bu texnologiya oqimli
texnologiyani takrorlaydi: turli xil rangli mikroskopik nuqtalar
qog‘ozga bosiladi va unda naqsh hosil bo‘ladi. Rangli bosma
tezligi 14 ppm gacha yetadi.
5.5-rasm.