91
Qattiq siyohli printerlar turiga termik bosma texnologiyasiga
tegishli sublimatsion printerlar kiradi. Bunda
bosmaga chiqa-
rilgan tasvirning optimal sifati nuqtalarning qog‘ozga aniq va
to‘g‘ri tushirilishi hisobiga emas, balki qo‘shni nuqtalarning ara-
lashmasi, bir-birlariga ustma-ust tushirilishi evaziga erishiladi.
Sublimatsiyali printerlarda asosan to‘rt
qatlamli tasmali
kartridjlar qo‘llaniladi. Maxsus rolikda uchta asosiy rang va
himoya qatlami tushirilgan tasma joylashtirilgan. Printer ketma-
ket tasmaning har bir rangli qatlamini qizdiradi va siyohlar
bug‘lanib, fotoqog‘ozga tushadi. Bosmaning ishlatilish chog‘ida
rangli qatlamlar o‘chib ketmasligi uchun siyohlar ustiga himoya
qatlami yotqiziladi.
Sublimatsiyali printerlar ixcham va oddiy bo‘ladi.
Oqimli printerlar
. Oqimli prin-
terlarning hususiyatlarini ko‘ rib chi-
qamiz (5.6-rasm). Oqim
li bosmaga
chiqarish
lazer
li bosmaning butkul
aksidir. Qoidaga ko‘ra, bu yuqori
tezlikda qora
rangdagi matnni bos-
maga chiqarish emas, aksincha,
yuqori sifatli rasmni sekinlik bilan
qog‘ozda aks ettirishdir.
Oqimli printerlarning bosma-
ga chiqarish moslamasida si yohning
mayda tomchilarini pur-
kovchi soplo naychalar mavjud. Bu
zarbasiz
bosmaga chiqarish
qurilmasi hisoblanadi. Bosmaga chiqarish moslamasining mat-
ritsasi odatda 64 tagacha soplolardan iborat bo‘ladi. Tasvir
shakl-
lanishi jarayonida keskin bug‘lanish hisobiga siyoh soplodan
qog‘ozga sachraydi (soplo devorlariga siyohlarning haroratini
keskin ko‘taradigan elektr qizdiruvchi elementlar joylashtirilgan).
Tabiiyki, bunday qurilmalarning tuzilishi lazerli qurilmalarga
nisbatan ancha sodda.
Bu yerda baraban ham, lazerlar ham,
5.6-rasm.