83
Drawing Board digitayzer (Calcomp firmasi), planshet ekrani
maydoni A4 formatga mos keladi, zichligi 240 dpi,
kompyuter
bilan RS-232 interfeysi orqali ulanadi.
Digitayzerlar uchun ko‘rsatgich qurilmasi sifatida, odatda,
2–4 tugma bilan ta’minlangan qalamdan foydalaniladi. Qalamlar
256 tagacha chiziq qalinligida ranglarni va ularning farqlarini
qabul qilishi mumkin. Ko‘rsatgich qurilmalarining (qalam va
kursor) imkoniyatlaridan samaraliroq foydalanish uchun ShK
da mos keluvchi amaliy dasturlar (masalan, Adobe PhotoShop,
Autodesk) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.