• Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
  • Mavzu yuzasidan test
  • Iqtisodiy tushunchalar: moddiy, mehnat, informat-




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet102/288
    Sana25.01.2024
    Hajmi18,65 Mb.
    #146071
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   288
    Bog'liq
    Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

    Iqtisodiy tushunchalar: moddiy, mehnat, informat-
    sion resurslar, ishlab chiqarish, tadbirkorlik bozor, biznes,
    biznesmen, bank, pul, tovar, narx, firma.
    266


    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
    1. Iqtisod tushunchasiga ta'rif bering va yoriting
    2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlarini me'yor- 
    lashtirishda tarbiyachi tomonidan amalga oshiriladigan 
    ishlarni izohlang.
    3. Iqtisodiy tushunchalarga ta'rif bering va misollar keltiring.
    4. Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya 
    berishning maqsad va vazifalarini yoriting.
    5. Sharq mutaffakirlarining iqtisodiy tarbiyaga oid falsafiy 
    qarashlarining mohiyatini nimada deb bilamiz?
    6. Iqtisodiy tarbiya qaysi mashg'ulotlar tarkibida o'z aksini 
    topgan? Misollar bilan tushuntirib bering.
    7. Iqtisodiy tarbiyaga oid o'yinlardan misol keltiring va 
    izohlab bering.
    8. Maktabgacha taTim tizimida iqtisodiy tarbiya berish 
    jarayonlarini tashkil etishda tarbiyachining vazifasini 
    nimalarda deb bilasiz?
    9. Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan Davlat talablaridan 
    maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tushunchalar berish 
    bo'limini o'rganib kelish.
    10. "Ilk qadam" tayanch dasturining iqtisodiy tarbiyaga oid 
    bo'limlaridan konspekt va guruhlar bo'yicha jadval tuzing.
    Mavzu yuzasidan test
    1. 
    Iqtisodiy tushunchalarning ta'rifi qaysi bandda to'g'ri 
    ko'rsatilgan?
    a} Moddiy mehnat, informatsion resurslar, ishlab chiqarish, 
    tadbirkorlik, bozor, biznes, biznesmen, bank, pul, tovar, narx, 
    firma, plastik kartochka
    b) Mehnat va moddiy resurslar, ishbilarmonlik, Tovar, ta'lim 
    muassasalarini boshqarish, nazorat, baholash
    c] Mamlakatni obodonlashtirishga ketadigan pul xarajatlari, 
    qurilishi, rahbarlik qilish, suhbat, tekshirish, akt tuzish
    267


    d] ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, yoshlar ongiga milliy 
    istiqlol g'oyalarini singdirish, oraliq va yakuniy nazoratlar 
    o'tkazish
    2. O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorliking barka- 
    mollik davri qaysi bo'limida to'g'ri aks etgan?
    a) XIX asrning uchinchi choragidan 1917-yilgacha
    b] 1985-1991-yillar
    c) 1918-1985-yillar
    d] 2005-yildan keyingi yillar
    3. Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tushunchalar 
    berish qaysi me'yoriy hujjatda berilgan
    a) O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida”gi qonuni
    b) O'zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta'Iimga qo'­
    yiladigan Davlat talablarida.
    c) O'zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta'lim to'g'­
    risidagi nizomida
    d) O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi to­
    monidan tomonidan tayyorlangan "Ilk qadam” o'quv dasturida
    4. O'zbekiston Respublikasida milliy pul "ming so'm” ne- 
    chanchi yildan boshlab joriy etilgan to'g'ri javobni belgilang.
    a) 1994-yil 2-iyuldan boshlab;
    b) 1992-yil 2-iyundan boshlab;
    c) 1997-yil 8-avgustdan boshlab;
    d) 1995-yil 1-sentabrdan boshlab;
    5. O'zbekistonda tadbirkorlik turlarining to'g'ri ta'rifi qaysi 
    bandda berilgan?
    a) Xalqaro tadbirkorlik, davlat tadbirkorligi, jamoaviy- 
    guruhiy, xususiy, o'rta va kichik tadbirkorlik
    b) Xalqaro tadbirkorlik, kapital, eksport, import, marketing, 
    soliqlar, sug'urtalash
    c) Xorijiy tadbirkorlik, xorijiy investitsiyalar, kichik 
    tadbirkorlik
    d) Moddiy va ishlab chiqarish omiliari, mehnat predmet 
    va resurslari, mehnat shartnomasi, markaziy va davlat 
    tadbirkorligi
    268



    Download 18,65 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   288




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy tushunchalar: moddiy, mehnat, informat-

    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish