Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/288
Sana25.01.2024
Hajmi18,65 Mb.
#146071
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   288
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi
faoliyatini tashkil etish
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga 
muvofiq muassasa shaklida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari 
toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar 
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari 
bo'lishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi qonun hujjatlariga 
muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab 
ta'lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'gga muvofiq, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini akkre- 
ditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya 
asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim mazmuni 
maktabgacha ta'iimga qo'yiladigan davlat talablariga asosan 
ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim
529


vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dastur- 
lar bilan belgilanadi.
Muassasa o'z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga 
haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston 
Respublikasi 
Maktabgacha 
ta'lim 
vazirligi 
tomonidan 
belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ish tartibi va 
bolalarning muassasada bo'lish vaqti muassasa ustavi hamda 
muassisning qarori bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida 5 kunlik ish 
haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi joylashgan 
hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat 
maktabgacha ta'lim muassasasida yoki uning alohida 
guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning 
ovqatlanishi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash 
vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari
normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuv- 
chilariga tibbiy yordam ko'rsatish shtatdagi yoki sog'liqni 
saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan 
tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta'lim muas­
sasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i 
va 
jismoniy 
rivojlanishi, 
davolash-profilaktika 
tadbir- 
lari o'tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena 
normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi 
uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassa­
sasi xodimlarini tibbiy ko'rikdan o'tkazish shartnoma asosida 
amalga oshiriladi.
530


Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ta'limning 
uzluksizligini ta'minlash maqsadida shartnoma asosida o'z 
faoliyatini umumiy o'rta ta'lim muassasalari bilan birgalikda 
amalga oshirishi mumkin.
Maktabgacha ta'limga qamrab olinmagan bolalarni maktab 
ta'limiga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, 
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida nodavlat 
maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar 
tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli 
guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi.
Nodavlat ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar 
qonun hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida muassis 
qarori bilan tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida tashkil etilgan 
qisqa muddatli guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar ta'minoti 
muassis tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida qisqa muddatli 
guruhlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda muassisning qaroriga muvofiq amalga 
oshiriladi.

Download 18,65 Mb.
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   288




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi

Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish