• Avtoritar rahbar
  • N. M. Kayumova




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet220/288
    Sana25.01.2024
    Hajmi18,65 Mb.
    #146071
    1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   288
    Bog'liq
    Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

    Demokratik rahbar
    Bunday turdagi rahbar:
    - boshqarish funksiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib 
    amalga oshiradi;
    - ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi;
    - ularning bildirgan fikriga quloq soladi;
    - ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga 
    oladi;
    - barcha bilan barobar va samimiy munosabatda bo'Iadi, 
    ustunligini bildirmaydi;
    - buyruq berish yo'li bilan emas, balki ishontirish uslubida 
    ishtutadi;
    - buyruq rahbarlik uslubi bo'ysunuvchilarning shaxsiy 
    tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada 
    o'rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.
    Avtoritar rahbar
    Bunday turdagi rahbar:
    - buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo 
    berish yoki rag'batlantirishda jamoa fikrini hisobga olmaydi;
    - o'zini jamoadan uzoq tutadi; jamoa a’zolarini bevosita 
    muloqotda bo'lishini chegaralab qo'yadi;
    - o'zining noo'rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday 
    olmaydi;
    547


    o'ziga bo'ysunuvchilarning harakatlarini keskin ravishda 
    tanqid qilishni yaxshi ko'radi;
    - muttasil buyruq berishga, hammani o'z istaklariga so'zsiz 
    bo'ysundirishga intiiadi;
    - ko'p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo'ysunuvchilari bilan 
    muomalada bo'lganda uning rahbarlik g'ururi balandligi, o'zini 
    katta tutishi sezilib turadi;
    - o'ziga bo'ysunuvchilar oldida qovog'i solingan kayfiyatda 
    bo'ladi.
    Xullas, avtoritar rahbar o'ziga bino qo'ygan, dimog'dor, o'z 
    qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini 
    o'tkazishga intiladigan kishilardan yetishib chiqadi.
    Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa o'sha yerda 
    dag'allik, takabburlik, tayziq o'tkazish, majbur qilish kabi o'ta 
    salbiy holatlar avj oladi.
    Biroq avtoritar boshqaruv usulini har jihatdan, yomon deb 
    bo'lmaydi. Ba'zi bir hollarda bo'ysunuvchilarning madaniy 
    darajasi, axloqi pastligi sababli avtoritar uslubini tanlab olish 
    ham ish berib holishi mumkin
    Libera! rahbar
    Bunday turdagi rahbar;
    - idorasiz, tashabbussiz bo'ladi;
    - o'z zimmasiga mas’uliyat olishni yoqtirmaydi;
    - ishni o'z holiga tashlab ko'yadi;
    - idoraga nisbatan qat'iy bo'lishdan hayiqadi;
    - o'zini haddan tashqari ehtiyot qiladi;
    - biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;
    - talabchan emas, sust nazorat qiladi;
    - suiiste'mollarga bevosita yo'l qo'ymasa ham o'zini 
    bilmaslikka soladi;
    Bunday rahbar tashqaridan 
    ko'rsatiladigan ta’sirga 
    moyilligi bilan ko'zga tashlanib turadi. Har bir rahbar quyidagi 
    xususiyatlarga ega bo'lishi lozim:



    Download 18,65 Mb.
    1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   288




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish