• Bilishi lozim
  • Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet218/288
    Sana25.01.2024
    Hajmi18,65 Mb.
    #146071
    1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   288
    Bog'liq
    Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

    Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri
    lavozimining malaka tavsiflari
    Lavozim vazifalari:
    a) maktabgacha ta’lim muassasasi umumiy faoliyatiga 
    rahbarlik qilish;
    b) pedagogik jamoa va boshqa xodimlarni bolalar bilan olib 
    boradigan tarbiyaviy ishlarda yuqori samaraga erishishini 
    tashkil qilish;
    v) tarbiyaviy 
    jarayonda 
    mehnatni 
    tashkil 
    qilishning 
    zamonaviy shakllaridan foydalanish;
    g) bolalarni 
    boshlang'ich 
    sinfda 
    o'qitishga 
    tayyorlash 
    bo'yicha davlat talablariga muvofiq tarbiyalash dasturlarining 
    bajarilishini nazorat qilish;
    d) bolalar sog'lig'ini mustahkamlash, ularni pedagogika va 
    gigiyena talablariga muvofiq tarbiyalash va o'qitish uchun zarur 
    shart-sharoitlarni yaratishni ta'minlash;
    e) pedagogik kengashga rahbarlik qilish, oilada farzand 
    tarbiyasi masalalari bo'yicha ota-onalar bilan ishlashni tashkil 
    qilish;
    543


    j) sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish
    texnika va yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini 
    ta'minlash;
    z) bolalarning 
    ovqatlanishini, 
    yozgi 
    sog'lomlashtirish 
    tadbirlarini tashkil qilish,
    i) muassasada tasdiqlangan rejaga muvofiq ish yuritishni 
    tashkil qilish tarbiyalanuvchilar ro'yxati bo'yicha to'ldirilishini 
    amalga oshirish;
    y) jihozlardan to'g'ri foydalanish, ularning hisobini yuritish 
    va saqlashni ta'minlash;
    k) kadrlarni tanlash, joy-joyiga to'g'ri (optimal, samarali) 
    qo'yishni ta'minlash, ularning ishlashi uchun zarur shart- 
    sharoitlar yaratish;
    1) 
    byudjet mablag'laridan oqilona foydalanish va muassasa 
    mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo'Iish, korxona, muassasa 
    va tashkilotlar bilan xo'jalik shartnomalari tuzish maktabgacha 
    ta'lim muassasasi nomidan faoliyat yuritish, uning manfaatlarini 
    himoya qilish, ishonchnomalar berish, turli yo'nalishlardagi davlat 
    va nodavlat jamg'armalar bilan o'zaro hamkorlikda ish yuritish;
    m) ichki mehnat tartib-qoidalarini o'rnatish, maktabgacha 
    ta’lim muassasasi shtatlar jadvalida tarbiyachi-uslubiyotchi 
    lavozimi bo'lmaganda uning vazifalarini bajarish;
    n) tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta'minlash va bola­
    lar uchun qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish.
    Bilishi lozim:
    a) O'zbekiston Respublikasining "Ta’lim to'g'risida'gi, "Kadrlar 
    tayyorlash Milliy dasturi to'g'risida"gi va “Bola huquqlarining 
    kafolatlari to'g'risida'’gi qonunlarini;
    b) maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan 
    davlat talablarining mazmunini;
    v) hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi 
    tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni;
    g) bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy 
    ishlar konsepsiyasini;
    544


    d) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha 
    yoshdagi bolalarni o'qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini;
    e) pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik 
    hujjatlarni, o'quv va tarbiya jarayonida o'qitish texnikaviy 
    vositalaridan foydalanish amaliyotini;
    j) pedagogika, pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi, 
    ta’lim 
    muassasasa 
    faoliyatiga 
    qo'yilgan 
    sanitariya- 
    gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va 
    yong'in xavfsizligi qoidalarini.

    Download 18,65 Mb.
    1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   288




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish