Kerakli yo'llanma, metodik yordam o'z vaqtida ko'rsatiladi.
Bu ikki xil tekshiruvdan tashqari yana quyidagi tekshirish
turlari mavjud: 1] birlamchi; 2) ikkilamchi; 3) katta tekshiruv;
4) ogohlantiruvchi tekshiruv turlari mavjud.
Maktabgacha ta'lim muassasalari ishini tekshirish yakuni
bo'yicha АКТ tuziladi.
Bu hujjatni tuzishda - tekshirish bo'yicha olingan
ma'lumotlarni, chuqur tahlil qilish talab etiladi. Ta’lim-
tarbiyaviy jarayonlar, tashkiliy-metodik, moliyaviy-xo'jalik
faoliyatlarni kuzatish, suhbatlarni maxsus kuzatish daftariga
yozib borish lozim. Hujjatlarni chuqur o'rganib, muassasa
faoliyatiga aniq, isbotlangan xulosalar chiqariladi.
Akt 2 nusxada tuziladi: birinchisi Tuman Maktabgacha
ta'lim bo'Iimiga, ikkinchisi bolalar muassasiga.
Kuzatish sxemasi quyidagicha:
Kuzatilgan jarayon.
Kuzatilayotgan kun, yil, oy.
Ish mazmuni.
Tayyorgarlik.
Bolalarning bilim, ko'nikma va malakasi.
Tarbiyachining bilim, ko'nikma va malakasi.
Qo'llanilayotgan usul va usublar.
Yutug'i.
Kamchiligi.
Taklif va mulohazalar.