A.Temur o ‘gitlari. - Т.: Navro'z, 1992




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/288
Sana25.01.2024
Hajmi18,65 Mb.
#146071
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   288
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

8 A.Temur o ‘gitlari. - Т.: Navro'z, 1992.
187


tamoyilni oladigan bo'lsak, unda hozirgi zamon uchun ibrat 
bo'ladigan axloqiy saboqlar borligini ko'rish mumkin.
Ma'lumki har bir xalqning o'z afsonaviy qahramonlari, 
pahlavonlari bo'ladi. Shu ma'noda xalq og'zaki ijodining 
noyob durdonasi bo'lmish «Alpomish» dostoni millatimizning 
o'zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o'tib ke- 
layotgan qahramonlik qo'shig'idir. Bu mumtoz asarda tarix 
to'fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o'zligini 
saqlagan, el-yurtimizning bag'rikenglik, matonat, olijanoblik, 
vafo va sadoqat kabi axloqiy fazilatlari o'z ifodasini topgan. 
Shu bois «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlari- 
dan saboq beradi9.
Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobi- 
ning «Haqqoniyat» deb atalgan bobida rostlik va to'g'riso'zlikni 
insonning eng insoniy sifatlaridan biri deb hisoblaydi. U bola 
tarbiyasida o'sayotgan shart-sharoit va tarbiyaning roliga alo­
hida e'tibor beriladi.
A.Navoiy ijodida ham axloq-odob masalalariga katta ahami­
yat berilgan.
«Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha 
odamlar uchun yoqimlirog'idir» - deydi mutafakkir A.Navoiy.
A.Navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarida odob, axloqqa oid 
g'oyalar ilgari surilgan. Insonparvarlik g'oyalari ulug'langan.
Pedagogika fani yosh avlodni axloqiy rivojlanishida tarbi­
ya va ta'limni muhim omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhi- 
yatga oid tadqiqotlar natijalarining ko'rsatishicha, Maktabga­
cha ta'lim davri bolaning ma'naviy shakllanishida eng muhim 
bosqichidir. Shu davrda ma'lum maqsadga qaratilgan ta'lim- 
tarbiya ta'sirida shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlay­
di. 6-7 yoshda ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shak­
li yuzaga keladi. Bola atrofdagilar bilan bo'ladigan munosabat- 
larida egallab olgan axloq normalariga asoslangan holda ish 
tutadigan bo'lib qoladi. Shuning uchun bolalarga ilk yoshdan 
boshlab axloqiy tarbiya berib borish muhimdir.

Download 18,65 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   288




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 A.Temur o ‘gitlari. - Т.: Navro'z, 1992

Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish