Axloqiy tarbiyaning asosiy prinsiplari (tamoyillari) va metodlari Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilarni o'z
ichiga oladi:
- g'oyaviy va tarbiya ishining ma'lum maqsadga qaratilgan-
ligi;
- ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda
yondashish;
- axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan birga olib bo
rish;
- bolalarning faolligi;
- oila va MTMlarining tarbiyaviy ta'sirining birligi;
190
- bola shaxsidagi ijobiy sifatlarga suyanish;
- bola shaxsini har tomonlama rivojlanishini ko'zda tutish.
Axloqiy tarbiya prinsiplarini pedagogik shart-sharoit bilan
qo'shib amaga oshirish bolaning axloqiy rivojlanishiga sama-
rali ta'sir etadi.
Axloqiy tarbiya metodlari. Maktabgacha ta'lim yoshidagi
bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni
qo'llash muhim ahamiyatga egadir. Axloqiy tarbiya metodlari
- bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga qa
ratilgan faoliyat usulidir.
Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga ax
loqiy norma va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o'rgatiladi.
Ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bu
guruh metodlariga qo'yiladigan asosiy talablar:
Bolalarning yaxshilik, yomonlik to'g'risidagi tasavvurlarini
e'tiborga olish; axloqiy xulq-atvor normalarini muhokama qi
lish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o'zlarini
191
faol qatnashtirish; har bir bolaning his-tuyg'usiga ehtiyotlik bi
lan munosabatda bo'lish.
Bolani noo'rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nis
batan e'tiborsizlik qilish qat'iyan man qilinadi. Hamma metod
lardan izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi.