• Tortuvchi zanjirlar.
  • Yig‘ma zanjir. 163 Plastinkali konveyerlar
  • Plastinali konveyerlar sxemasi
  • N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 4,17 Mb.
    bet49/57
    Sana15.11.2023
    Hajmi4,17 Mb.
    #99118
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57
    Bog'liq
    KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

    Zanjirli konveyerlar

    1. Umumiy ma’lumotlar

    Zanjirli konveyerlar yuqori temperaturali yuklarni va tas- mali konveyerlar tashiy olmaydigan yuklarni tashish uchun ishlatiladi.
    Zanjirli konveyerlarda tortuvchi element vazifasini turli xil zanjirlar bajaradi. Zanjirli konveyerlarda plastinkali 11—Ko‘tarish, transport mashinalari 161


    112-rasm. Tortuvchi zanjirlar.
    a — valikli; b — vtulkali; d — vtulkali; e — vtulka-rolikli;
    f — vtulka-katokli (silliq katok); g — vtulka-katokli (qobirg‘ali katok):
    1 — plastina; 2 — valik; 3 — vtulka; 4 — rolik; 5 —katok.
    (DAST 588-64), payvand (DAST 2319-78) zanjirlar ishla- tiladi.
    Plastinkali, vtulka-rolikli va vtulka-katokli zanjirlar ko‘p ishlatiladi (112-rasm).
    162
    Zanjirli konveyer zanjirlari amalda uzuvchi kuch miqdori bo‘yicha tanlab olinadi:
    Fuz = К (195)
    bu yerda: Fsh — konveyer zanjirining maksimal taranglik kuchi; К — mustahkamlik koeffitsienti (K = 6...7 — gorizontal kon- veyerlar uchun, К=8...10 — mas’uliyatli va qiya konveyerlar uchun).
    Zanjirli konveyerlarda shtamplangan bo‘g‘imlar va valik- lardan tashkil topgan zanjirlar ham ishlatiladi (113-rasm).
    Zanjirli tortuvchi elementlar — tortuvchi zanjirlar yuk tashuvchi elementlarni ishonchli mahkamlash imkonini be- radi, tortuvchi kuch ta’sirida cho‘zilib ketmaydi, ishonchli ishlaydi.
    Zanjirda sharnirlar sonining ko‘pligi zanjirlarni tez-tez ko‘zdan kechirish, yaxshilab moylashni talab qiladi. Katta tez- liklarda sharnirlar tez yeyiladi va zanjirlar salqilanib qoladi. Shuning uchun zanjirli konveyerlarda zanjir tezligi 0,6...1 m/s olinadi.
    Zanjirli konveyerlarda yuklar plastinkalar, qirg‘ichlar, bal- lonchalar, kovsh (cho‘mich)lar, aravachalar, maxsus qisqichlar yordamida tashiladi.

    113-rasm. Yig‘ma zanjir.
    163

        1. Plastinkali konveyerlar

    Plastinkali konveyerlar sochiluvchan va donali yuklarni go- rizontal va qiya (30...600) yo‘nalishda tashish uchun ishlatiladi.
    Ko‘pincha plastinkali konveyerlardan yuk tashish bilan birga, texnologik jarayonlarda: toblash, sovitish, yuvish, bo‘yash, quritish, yig‘ish va boshqa ishlarda foydalaniladi.
    Bunday konveyerlarning unumdorligi 200 t/soat gacha, tezligi v< 1 m/s va tashish uzunligi 2 km ga yetadi. Plastinkali konveyerlar statsionar va ko‘chma konveyerlarga bo‘linadi.
    Ko‘chma konveyerlardan yuklash va yuk tushirish ishlarida foydalaniladi. 114-rasmdagi plastinkali konveyer tortuvchi zanjirlar 5, bu zanjirlarga o‘rnatilgan plastinkalar 3, yoki nov 2, yetaklovchi yulduzcha 4 va taranglovchi yulduzcha 6 dan tashkil topgan.

    114-rasm. Plastinali konveyerlar sxemasi:
    a — novsimon to‘shamali; b — yassi to‘shamali; d — to‘lqinsimon to‘shamali; e — tortuvchi zanjir elementlari.

    164
    Plastinkali konveyerlarning to‘shamalari yassi (114-rasm a, b), to‘lqinsimon va qutisimon (114-rasm, d) shaklda tayyor- lanishi mumkin.


    To‘shama zichligi (pm) taxminiy hisoblarda quyidagicha aniqlanadi:


    (196)
    p m= 605 + К,
    bu yerda: В — to‘shama eni, m; К — to‘shama turi va eniga bog‘liq koeffitsient; Masalan, В = 0,5 m bo‘lsa, yengil turdagi to‘shamalar uchun К = 40, o‘rta turdagi to‘shamalar uchun К = 60, og‘ir turdagi to‘shamalar uchun К = 80 olinadi.
    To‘shama eni tashilayotgan yuk bo‘lagining o‘lchamlariga va konveyerning unumdorligiga bog‘liq belgilanadi. Sochi- luvchan yuklar tashuvchi yassi to‘shama eni quyidagicha aniqlanadi: bu yerda: Q — konveyer unumdorligi, t/soat; В — to‘shama eni, m; p — yuk zichligi, t/m3; v — to‘shamaning siljish tezligi, m/s.





    Download 4,17 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   57




    Download 4,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 4,17 Mb.