• Oddiy yuk ko‘tarish mashinalari Domkratlar.
  • Vintli domkrat sxemasi
  • Reykali domkratning kinematik sxemasi
  • Yuk ko‘tarish mashinalarining tasnifi (klassifikatsiyasi)




    Download 4,17 Mb.
    bet2/57
    Sana15.11.2023
    Hajmi4,17 Mb.
    #99118
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
    Bog'liq
    KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

    Yuk ko‘tarish mashinalarining tasnifi
    (klassifikatsiyasi)


    Yuk ko‘tarish mashinalari yukni vertikal yo‘nalishda yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirish ishlarida qo‘llaniladi.
    Yuk ko‘tarish mashinalari yuklarni korxona sexlari va kor- xonadan tashqarida ko‘tarib tushirish vazifasini bajaradi. Ishlab chiqarish korxonasidagi texnologik jarayon xarakteri, ko‘- tariladigan yukning fizikaviy, kimyoviy, mexanikaviy xossala- riga qarab ko‘tarish mashinalarining turi va konstruksiyasi tan- lanadi.
    Yuk ko‘tarish mashinalarining turi va konstruksiyasini tan- lashda yuk ko‘tarish, yuk ortish, yuk tushirish ishlarini mexa- nizmlar yordamida bajarish, yuk ko‘tarish mashinalarining unumdorligi texnologik jarayonga mos kelishi, ko‘tarish jarayonida ko‘tarilayotgan yuklarga zarar yetkazmaslik, mashi- nalarga xizmat ko‘rsatayotgan ishchilarga qulay sharoit yaratib berish masalalariga jiddiy e’tibor berish kerak.
    Yuk ko‘tarish mashinalari konstruktiv tuzilishi bo‘yicha qu- yidagi guruhlarga bo‘linadi:

    1. oddiy yuk ko‘tarish mashinalari (lebyodkalar, domkrat- lar, tallar);

    2. murakkab yuk ko‘tarish mashinalari (kranlar, ko‘targich- lar).

    Oddiy yuk ko‘tarish mashinalari
    Domkratlar. Yuk ko‘tarish balandligi cheklangan — yukni uncha katta bo‘lmagan balandlikka ko‘tarish, pastga tushirishga mo‘ljallangan mexanizmlar domkratlar deyiladi.
    Domkratlar asosan ta’mirlash ishlarida qo‘llaniladi. Dom­kratlar qo‘l kuchi bilan, ayrim hollarda mexanizmlar yordamida ishga tushiriladi.
    5


    1-rasm. Vintli domkrat sxemasi:
    1 — korpus; 2 — gayka; 3 — vint; 4 — yuk; 5 — dastak.
    Konstruktiv tuzilishiga ko‘ra domkratlar reyka richagli, tishli richagli, vintli va gidravlik turlarga bo‘linadi.
    Vintli domkratlar (1-rasm). Domkrat ko‘tarilishi kerak bo‘lgan yuk 4 ostiga qo‘yiladi va dastak 5 bilan ishga tushiriladi. Dastak vositasida vint 3 aylantirilsa, yuk vertikal yo‘nalishda yuqoriga ko‘tariladi yoki pastga tushiriladi. Vint 3 gayka 2 ichida aylanadi. Gayka 2 domkrat korpusi 1 ga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan.


    2-rasm. Reykali domkratning kinematik sxemasi:
    1 — korpus; 2 — tishli reyka; 3 — tishli g‘ildirak; 4 — yuk; 5 — dastak.
    6

    Agar ishchi dastakni Ft= 0,1 0,4 kN kuch bilan aylantirsa, domkrat vinti 7—32 kN kuch bilan yukni ko‘taradi. Bunda vintli juftning uzatish nisbati 70—80 ga teng bo‘ladi.

    Download 4,17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




    Download 4,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuk ko‘tarish mashinalarining tasnifi (klassifikatsiyasi)

    Download 4,17 Mb.