|
N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 4/57 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 4,17 Mb. | | #99118 |
Bog'liq KO‘TARISH, TRANSPORT majmuaTallar. Biror balandlikka o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexa- nizmi tai deyiladi. Tallar yukni balandlikka ko‘tarish, pastga tushirish hamda yukni biror masofaga siljitish uchun xizmat qiladi.
Tallar yuklarni qo‘l kuchi yordamida yoki elektrodvigatel yordamida ko‘tarishi mumkin. Elektrodvigatel yordamida yuk ko‘taradigan tallar elektrotal deyiladi.
Qo‘l kuchi yordamida ishlatiladigan, ko‘tarish mexanizmiga chervyakli uzatma o‘rnatilgan tallar juda keng tarqalgan. Ularning o‘lchamlari standartlashtirilgan bo‘lib (DAST 110760, DAST 2799-54), foydali ish koeffitsienti ^ = 0,55 ... 0,956, yuk ko‘tarish tezligi v = 0,13 ... 2,65 m/min, massasi 20 tonna- gacha bo‘lgan yuklarni ko‘taradi.
Elektrotallar v = 3 ... 15 m/min tezlik bilan massasi 0,1 ... 15 tonnagacha bo‘lgan yuklarni H = 6 ... 30 m balandlikka ko‘tara oladi.
7-rasmda qo‘l kuchi yordamida ishlatiladigan talning ki- nematik sxemasi keltirilgan. Bunday tallarda yuk osish (yuk ilish) moslamasi 12 ga osiladi. Ko‘tarish mexanizmi zanjir 9 vositasida ishga tushiriladi. Ishchi zanjir 9 ni tortganda zanjir yulduzcha 8 ni aylantiradi. Harakat yulduzchadan tal yuritmasi 10 orqali baraban 13 ga uzatiladi. Baraban aylanganda unga arqon 11 o‘raladi. Arqon yuk osish moslamasini yuk bilan birga yuqoriga ko‘taradi.
Yuk biror masofaga ko‘tarilganda uni to‘xtatish uchun yulduzcha 8 valiga to‘xtatgich yoki tormoz 7 o‘rnatiladi. Yukni ko‘tarayotganda kuchdan yutish maqsadida polispastdan foydalaniladi. Polispast tortuvchi arqon 11 va qo‘zg‘aluvchan blok 12 dan tashkil topgan. Yukni biror masofaga siljitish kerak bo‘lsa, siljitish mexanizmidan foydalaniladi. Siljitish mexanizmi zanjir 1 vositasida ishga tushiriladi. Zanjir 1 yulduzcha 2 ni, yulduzcha esa yuk siljitish mexanizmi 3 ni harakatga keltiradi. Siljitish mexanizmi yuritmasining yetaklanuvchi valiga o‘rnatilgan katoklar (g‘ildiraklar) 4 monorels 5 bo‘ylab harakatlanadi va talning siljitish mexanizmi 6 ni harakatga keltiradi.
7-rasm. Dastaki talning kinematik sxemasi:
1 — siljitish. mexanizmi zanjiri; 2 — siljitish mexanizmi yulduzchasi; 3 — sil- jitish mexanizmining yuritmasi; 4 — katok; 5 — monorels; 6 — siljitish mexanizmi, 7 — tormoz; 8 — ko‘tarish mexanizmining yulduzchasi; 9 — ko‘tarish mexanizmining zanjiri; 10 — ko‘tarish mexanizmi yuritmasi; 11 — arqon;
12 — ilgak osmasi.
|
| |