Bu arqonlarning mustahkamlik chegarasi 1600...2600 MPa bo‘ladi. Po‘lat simli arqonlar (18-rasm,
a) har biri po‘lat simlar
2 dan tarkib topgan o‘rimlar
1 dan to‘qilgan. O‘rimlar kanop o‘zak
3 atrofiga yoki o‘rimlarning o‘zidan yumshoqroq po‘lat simdan qilingan o‘zak atrofiga o‘raladi.
Yuk ko‘taruvchi mashinalarda ko‘pincha qo‘sh o‘rimli arqonlar ishlatiladi: avval po‘lat simlar
markaziy sim atrofida eshiladi, so‘ngra o‘rim o‘zak atrofida eshilib, po‘lat simli arqon hosil qilinadi.
Arqondagi po‘lat simlar va o‘rimlar soni har xil bo‘ladi. Ammo yuk ko‘taruvchi mashinalarda asosan olti o‘rimli arqonlar ishlatiladi. O‘rimlar ichidagi po‘lat simlar soni 19 va 37 ta bo‘ladi. Sakkiz o‘rimli po‘lat arqonlar kranlarda va ko‘targichlarda kichik diametrli barabanlar va shkivlar ishlatilganda qo‘llaniladi. Ko‘p qavat arqon o‘raladigan barabanlarda ular ishlatilmaydi. Po‘lat arqonlar bir tomonlama (18-rasm, a) va ayqash (18-rasm,
b) qilib eshilishi mumkin. Bir tomonlama eshilganda har qaysi tola va arqonni eshish yo‘nalishi bir xil bo‘ladi. Bunday po‘lat arqonlar kam yeyiladi va egiluvchanroq bo‘ladi, ammo kuch (nagruzka) ostida osongina bo‘shaladi. Ayqash eshilgan po‘lat arqonda o‘rimdagi simlar va arqondagi o‘rimlar yo‘nalishi qarama-qarshi bo‘ladi, bunday arqonlar tezda bo‘shab ketmaydi. Arqonlarning
18-rasm. Po‘lat arqonlar konstruksiyasi:
a —
bir tomonlama eshilgan;
b — ayqash eshilgan;
d, e — olti o‘ramli normal va aralash strukturali
arqonlarning kesimlari; 1 — arqon o‘rami;
2 — sim; 3 — o‘zak.
o‘rimlari bir xil diametrli (kesimi normal strukturali) yoki har xil diametrli (kesimi aralash strukturali) simlardan eshilishi mumkin, bunda katta diametrli simlar arqonning sirtida joyla- shadi. Kesimi aralash strukturali arqonlarni
tayyorlash ancha mu- rakkab, lekin ular egiluvchanroq va tashqi qatlamlari ishqalanishga chidamliroq bo‘ladi.
Arqon simlar to‘plamidagi simlarning bir-biriga urinishi xi- liga qarab:
chiziqli-urinmali — LK (CHU) (18-rasm, d),
nuqtali-urinmali — TK (NU) (18-rasm, e),
nuqtali va chiziqli urinmali — TLK (NCHU) (18-rasm,
d) arqonlarga bo‘linadi.
Arqon tayyorlashda o‘rimning alohida qatlamlari uchun bir xil diametrli simlar (B
harfi bilan belgilanadi, chunonchi, CHU — B; LK — O) (18-rasm, d) qatlamlarining ustki qatlami uchun ikki xil diametrli simlar (X harfi bilan belgilanadi, jumladan (CHU — X), LK — R, 18-rasm,
e) o‘rimning alohida qatlamlari uchun har xil va bir xil diametrli simlar (XB
harflari bilan belgilanadi, masalan, CHU — XB) LK — RO tanlanadi.
Po‘lat arqonlar bo‘shaladigan va bo‘shalmaydigan xillarga ajraladi. Bo‘shalmaydigan arqonlar ilgagining balandligi katta bo‘lgan yuk polispastlari uchun juda qulaydir.
Po‘lat arqonlar simining mexanik xossalariga qarab: yuqori markali — 10, birinchi markali — I, ikkinchi markali — II bo‘ladi.
Po‘lat arqonning mustahkamligini oshirish uchun ular turli diametrdagi simlardan eshiladi. Kabelli kran va boshqa kranlarning yuk aravachalari siljiydigan po‘lat arqonlar silliq sirtli bo‘ladi.