|
N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 17/57 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 4,17 Mb. | | #99118 |
Bog'liq KO‘TARISH, TRANSPORT majmuaGreyferlar. Greyfer jag‘simon maxsus kovshdan iborat. U sochiluvchan yoki donali materiallarni qamrab olishga va bo‘shatishga imkon beradi. Greyfer yuklash va bo‘shatish operatsiyalarini ishchilar ishtirokisiz bajarish imkonini bergani uchun, u avtomatik yuk osish qurilmalari qatoriga kiritiladi.
Greyferlar bir va ikki jag‘li bo‘ladi. Ko‘p jag‘li greyferlar, odatda, katta donali materiallarni (tosh, cho‘yan quymasi va h.k.) yuklash uchun ishlatiladi. Ular kinematik tuzilishiga ko‘ra arqonli (chig‘irga arqon mahkamlanadi) va yuritmali (yuklash va bo‘shatish o‘zida joylashgan yuritma orqali bajariladi) turga bo‘linadi.
Arqonli greyferlar bir arqonli va ko‘p arqonli bo‘ladi. Yuritmali greyferlar yuritmaning ishlashi bo‘yicha elektr motorli, gidravlik, elektr-gidravlik va pnevmatik turlarga bo‘linadi.
Bir arqonli greyfer samarasizdir, chunki bo‘shatish uchun uni yerga tushirish lozim bo‘ladi, bu esa ish unumini keskin pasaytiradi. Ikki arqonli greyferni istagan vaziyatda bo‘shatish mumkin. Bu hol siklni bajarishga ketadigan vaqtni ancha qisqartiradi. Bu esa sochiluvchan yuklarni ko‘plab ortib- tushirish ishlarida nihoyatda muhimdir. Ikki arqonli greyferlar bir arqonli greyferlarga qaraganda unumli ishlaydi.
Ikki arqonli greyferlarda (36-rasm) jag‘lar tutib turuvchi 6 va tutashtiruvchi arqonlar 5 ga osiladi. Bu arqonlar strela kal- lagidagi bloklardan aylanib o‘tib, mos ravishda greyfer (K-162 markali kranda yordamchi lebyodka) hamda yuk lebyodkasi barabanlari 4 va 2 ga o‘raladi.
Greyfer quyidagicha ishlaydi: tutashtiruvchi arqon 5 bo‘- shashganda greyferning pastki kallagi 8 o‘z og‘irligi ta’sirida unga sharnirli mahkamlangan jag‘lar 1 bilan birga pastga tushadi. Bunda jag‘lar ochilib, ular pastki uchi bilan sharnirli mahkamlangan bikir tortqi 3 larga nisbatan buriladi (36-rasm, u). Bu tortqilarning yuqorigi uchlari esa yuqorigi kallak 7 ga sharnirli mahkamlangan tutib turuvchi arqon 6 ga biriktiriladi. Ana shu vaziyatda kovshni gruntga yoki changallab olinadigan boshqa materialga shunday tushirish kerakki, jag‘ning tishlari
36-rasm. Greyferlar:
a — kovshni tushurishdan oldin uning jag'larini ochish; b — jag'larni yopish; d — kovshni ko'tarish; e — kovshni bo'shatish.
materialga botadigan bo‘lsin. So‘ngra tutib turuvchi arqon 6 bo‘shatiladi va tutashtiruvchi arqon 5 yuk chig‘irining bara- bani 2 ga o‘raladi. Shunda greyferning yuqorigi hamda pastki kallaklari bir-biriga tortiladi,jag‘lari esa tutashib gruntga botadi va uni changallab oladi (36-rasm, b). Jag‘lar tutashgandan keyin, material bilan to‘lgan greyfer tutashtiruvchi arqon 5bilan ko‘tariladi. Ayni vaqtda tutib turuvchi arqon 6, baraban 4 tutashtiruvchi arqon 5 o‘raladigan tezlikda o‘ralishi uchun greyfer (yoki yordamchi) lebyodkaning barabani 4 ham harakatlantirib yuboriladi (36-rasm, d). Kranni bo‘shatish joyiga burish uchun tutib turuvchi arqon barabani 4 tormozlab qo‘yiladi, tutashtiruvchi arqon 5 esa bo‘shatiladi, shunda pastki kallak jag‘lar bilan birga pastga tushadi va greyfer yukdan bo‘shaydi (36-rasm, e).
Greyferni istalgan balandlikda yuqorida ko‘rsatilgan usul bilan ham, baraban 2 ni tormozlash yo‘li bilan ham (bunda tutib turuvchi arqon 6 baraban 4 ga o‘raladi) bo‘shatish mumkin. Greyfer bo‘shatilgandan so‘ng sikl yana qaytariladi.
Arqonlar 5 va 6 ning buralib qolishiga va kranni burayot- ganda greyferning qattiq tebranishga yo‘l qo‘ymaslik uchun tinch- lantirgich deb ataladigan tortish moslamasidan foydalaniladi (strelali kranlarda).
|
| |