• Gaz tarkibidagi suyuq kondensatni ajratish.
  • VIII.6.1. Tabiiy gazlarni tayyorlash texnologiyasi




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/154
    Sana28.11.2023
    Hajmi2,57 Mb.
    #106996
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   154
    Bog'liq
    N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

     
    VIII.6.1. Tabiiy gazlarni tayyorlash texnologiyasi 
    Gazni kompleks tayyorlash qurilmasi (GKTQ) nam gazning tarkibidan 
    suyuqlik tomchilarini va mexanik aralashmalarni ajratib olish uchun mo’ljallangan 
    bo’ladi va quritish talab qilingan shudring nuqtasigacha olib boriladi. 
    GKTQ ning tarkibiga quyidagilar kiradi: 
    - gazni past haroratli ajratish qurilmasi; 
    - kondensatni tayyorlash qurilmasi; 
    - dietilenglikolli olovli regeneratsi qurilmasi; 
    - mash’ala bloki; 
    - gazni o‘lchash bloki. 
    PHAQsini tayinlanishi – ingibitorni gidratlanishidan foydalanib gaz past 
    haroratli ajratish usulida aniq kondensatsiyagacha quritiladi. GKTQsida talab 
    qilingan kо’rsatgichgacha kondensatsiyalangan gazkondensat neftni qayta ishlash 


    118 
    zavodining xom – ashyosi hisoblanadi hamda kondensatni tayyorlash qurilmasida 
    (KTQ) olib boriladi. 
    Gaz kondensatini ishlash deganda uning tarkibidagi suvlarni, tо’yingan DEGni 
    hamda erigan uchuvchi uglevodorodlarni va uglerodsiz komponentlarni ajtarish 
    tushuniladi.
    Dietilenglikolli olovli regeneratsiya qurilmasi (DORQ) yordamida past 
    haroratli gazni ajratish jarayonida ishlangan dietilenglikol eritmasini massasiga 
    nisbatan 70% dan 80 %gacha regeneratsiya qilish uchun mо’ljallangan. 
    GKTQsining asosiy mahsuloti quritilgan gaz va barqaror gazkondensat 
    hisoblanadi. 
    Gaz tarkibidagi suyuq kondensatni ajratish. 
    Gaz va kondensatni ajratish past haroratli separatorlarda amalgam oshiriladi. 
    Bunda gaz va kondensat aralashmasining bosimi maksimal kondensat ajralish 
    bosimigacha ko‘tariladi va keyin separatorga kirgiziladi. U yerda aralashmaning 
    bosimi kamayadi va harorat pasayadi. Natijada bug‘ holatda bo‘lgan kondensatning 
    gazdan ajralishi sodir bo‘ladi. Quyida uning umumiy texnologik chizmasi va jarayoni 
    aks ettirilgan. 
    Quduqlar (1) dan olingan gazlar drossel shaybasi (2) orqali tomchi ajratuvchi 
    past haroratli tik separator (3) ga keladi. Drossel shaybasida gazkondensat 
    aralashmasining bosimi maksimal kondensat ajralishi bosimigacha ko‘tariladi va 
    aralashmaning harorati kamaytiriladi. Natijada separator (3) da gaz va kondensatning 
    ajralishi sodir bo‘ladi. Ajralgan gaz sovitgichi (5) ga keladi, u yerda harorati 
    kamaytiriladi. Keyin gaz bosimini moslab turuvchi shtutser (6) ga keladi, bosimi 
    maksimal kondensat ajralish bosimigacha ko‘tariladi va tik separator (7) ga 
    haydaladi. Tik separatorda gaz va kondensatning batamom ajralish jarayoni sodir 
    bo‘ladi. Ajralgan kondensat quvuriga, gaz esa sovitkich (5) orqali keyingi tozalash 
    jarayoniga uzatiladi. 

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   154




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VIII.6.1. Tabiiy gazlarni tayyorlash texnologiyasi

    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish