113
Mana shu salbiy holat yuzaga kelmasligi uchun separatorlar blokida vertikal
separator joylashtirilgan.
Demak,
qurilmadagi ikkinchi bosqichda, ya’ni vertikal separatorda gorizontal
separatorda ajralmagan suyuqlik tomchilari ushlab qolinadi.
Separatorlar blokiga aralashma 96 atm bosim bilan kiradi va gaz 94 atm bosim
bilan chiqadi. Neftsuyuqlik aralashmasi shtutser orqali 4 atm bosimga tushirilib
chiqariladi. Chiqayotgan gaz “FLOWBOSS”gaz o‘lchash qurilmasidan o‘tkazilgach
“SHo‘rtan” bosh inshootiga qayta ishlash uchun jo‘natiladi.
Ajralgan neft esa tovar holatiga keltirilishi uchun neftni tayyorlash qurilmasiga
kirgiziladi.