109
VIII.5-rasm. Neft emulsiyasini isitish bloki BN-M ning sxemasi.
Isitish bloki quyidagicha ishlaydi. Ajratgichdan so‘ng
neft emulsiyasi nasos
yordamida alangali isitgichning quvur orti bo‘shlig‘iga haydaladi. Bu yerda yonish
bo‘limida (6) yondirilgan gazning issig’ligi bilan emulsiya qizdiriladi. Issiqlik o‘tish
yo‘lini uzaytirish uchun quvur ortiga burama spiral joylashtirilgan. Birinchi alangali
isitgichda qizdirilgan emulsiya ikkinchi isitgichga yuboriladi.
Undan emulsiya
taqsimlovshi kollektor (8) orqali germetiklangan tindirgich (9) ga borib tushadi. Bu
yerda emulsiya neft va suvga ajraladi. Agar tindirgichdan (9) olingan neft tarkibidagi
tuz 40 mg/l ni tashkil qilsa, u maxsus aralashtirgichda
issiq chuchuk suv bilan
aralashtiriladi va tuzsizlantiriladi.