108
Neft-gaz-suv, ya’ni emulsiya aralashmasi qurilmaning ostki qismidan
haydaladi. Qurilmada
suyuqlik aralashtiriladi, suyuqlik ichidagi (neft- gaz- suv)
mahsulotlar o‘zining zichligi va og‘irligi bilan aylanma harakatlanadi. Qurilma
devori bo‘ylab suv, markazda neft va gaz harakat qiladi. Suv quvur devoridan pastga
harakat qiladi, neft yuqoriga harakat qiladi.
Sizdirish (filtratsiya).
Mustahkam bo‘lmagan emulsiyalarni ajratish uchun sizdirish qatlamidan
o‘tkazish mumkin. Sizdirish qatlami sifatida shag‘al,
maydalangan shisha, yog‘och
va metal qirindilari, shishasimon tuzilma va boshqalardan foydalanish mumkin.
Filtrlar kolonnalar ko‘rinishida bo‘lib, ularning o‘lchamlari haydalayotgan emulsiya
hajmiga, qovushqoqligiga va harakat tezligiga bog‘liq.
Neft emulsiyasi kolonnaga
pastdan yuboriladi va filtrdan o‘tadi. Bu yerda suv ushlab qolinadi, neft esa
kolonnaning usti bilan erkin o‘tib ketadi.