|
N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. AshurovBog'liq N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,Emulsiyaning elektrik xossalari. Toza holda olingan neft va suv yaxshi
dielektriklar hisoblanadilar. Shuning uchun suv tarkibida oz miqdorda bo‘lsa ham
erigan tuzlar yoki kislotalar ushrasa, uning elektr o‘tkazuvchanligi bir necha o‘n
marta oshadi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, emulsiyalar elektr
o‘tkazuvchanligiga ularning tarkibidagi suvning miqdori bilan birgalikda, shu suvda
erigan tuz va kislotalar miqdori ham ta’sir ko‘rsatadi.
NS emulsiyalarida tashqi faza – suv hisoblanadi va ular xohlagan vaqt suv bilan
birikishi mumkin, hamda yuqori elektr o‘tkazuvchanligiga ega bo‘ladi.
SN emulsiyalarida neft–tashqi faza hisoblanadi va ular uglevodorodli
suyuqliklar bilan birikishi mumkin va kichik o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi.
106
Toza neft va suv yaxshi dielektrik hisoblanadi. Neftning o‘tkazuvchanligi – 10-
10 dan 10-15gacha, suvniki 10-7 dan 10-8 gacha o‘zgarishi mumkin.
Tajribalardan ma’lumki, elektr maydoniga joylashtirilgan neft emulsiyalarida
suv tomchilari uning kuch chizig‘i bo‘ylab joylashadi, bu esa emulsiyalarning elektr
o‘tkazuvchanligini tez oshib ketishiga olib keladi. Chunki suv tomchilari neft
tomchilariga nisbatan 40 marta yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega.
VIII.4.2. Neft emulsiyalarining mustahkamligi va eskirishi
Neft emulsiyalarining eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri ularning
mustahkamligidir, ya’ni ma’lum bir vaqt ichida neft va suvga parchalanib ketmasligi.
Neft emulsiyalarining mustahkamligiga quyidagi omillar katta ta’sir o‘tkazadi:
-tizimning dispersliligi;
-fazalar tutash yuzasida himoya qobig‘ini hosil qiluvchi emulgatorlarning
fizik – kimyoviy xossalari;
-aralashayotgan suyuqliklarning harorati va x.k.
Mana shu omillarga qisqacha to‘xtab o‘tamiz:
1.Dispersliligi bo‘yicha neft emulsiyalari:
- mayda disperslik – suv tomchilari o‘lchami 0.2 – 20 mk;
- o‘rta disperslik – suv tomchilari o‘lchami 20 – 50 mk;
- dag‘al disperslik – suv tomchilari o‘lchami 50 – 100 mk.
Emulsiyaning dispersliligi qancha baland bo‘lsa, ya’ni ichki fazaning tomchilari
qancha kichkina bo‘lsa, emulsiya shuncha mustahkam bo‘ladi.
2. Emulsiyaning mustahkamligiga tomchilar yuzasida adsorbsion himoya
qobig‘ini hosil qiluvchi emulgator deb nomlanuvchi, barqarorlashtiruvshi moddalar
katta ta’sir o‘tkazadi. Adsorbsion qobiqlarni hosil qilishda sirt faolligi katta bo‘lgan
moddalar (asfalten, naften, parafin, vanadiy, nikel, litiy, temir, titan kabi metallar
kompleksi) va mayda disperslik noorganik moddalar (loy, qum va tog‘ jinslaridan
tashkil topgan) ishtirok etadi.
Neft emulsiyalarining mustahkamligi (SN) aralashayotgan suyuqliklarning
haroratiga bog‘liq. Bu harorat qancha past bo‘lsa, emulsiya shuncha mustahkam
107
bo‘ladi. Emulsiyaning temperaturasi ko‘tarilsa, adsorbsion qobiqning mustaxkamligi
0 gacha pasayadi, natijada suv tomchilarining qo‘shilib ketishi sodir bo‘ladi va
emulsiya parchalanib ketadi.
|
| |