• VIII.2-rasm. Neftni kompleks tayyorlash qurilmasi va jihozlarning umumiy texnologik tarxi 1
  • VIII.3. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/154
    Sana28.11.2023
    Hajmi2,57 Mb.
    #106996
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   154
    Bog'liq
    N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

    VIII.3. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi 
    Quduq (1) dan olingan neft quvurlar orqali o`z bosimida neft hajmini 
    o`lchovchi jihoz (2) larga keladi. Bu yerda ma‘lum miqdorida yengil uglevodorodlar 
    ajratib olinadi. Keyin neft siquvchi nasos stantsiyasi (3) ga uzatiladi. U yerda 
    ajratgichlar o`rnatilgan bo`lib, birinchi bosqich ajratib olish amalga oshiriladi. 
    Ajratgichda ajralgan gaz, gazni qayta ishlash zavodi (4) ga beriladi. Qisman gazdan 
    tozalangan neft, neftni kompleks tayyorlash qurilmasi (5) ga yuboriladi. 
    Bu yerda neftni ikkinchi va uchinchi bosqich gazdan tozalash jarayoni amalga 
    oshiriladi. Undan tashqari neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonlari amalga 
    oshiriladi. Ajratib olingan gazlar gazni qayta ishlash zavodi (4) ga yuboriladi. Ajratib 
    olingan suvlar esa suvni tozalash qurilmasi (6) ga uzatiladi. Tozalangan neft yopiq 
    idish (7) larga oqiziladi va u yerdan nasos (8) yordamida neftning sifatini 
    tekshiruvchi jihozlar (9) ga uzatiladi. 
    Agar tayyorlangan neftning sifati qoniqarli bo`lsa, mahsulot saqlovchi idish 
    (10) ga haydaladi. U yerdan nasos (11) yordamida magistral neft quvurlari (12) orqali 
    neftni qayta ishlash zavodiga yuboriladi. 
    Agar tayyorlangan neftning sifati qoniqarsiz bo`lsa, neft sifatini tekshiruvchi 
    jihoz (9) dan yana kompleks tayyorlash qurilmasi (5) ga qaytariladi. Ajratib olingan 
    suv (6) tozalash nasos (13) yordamida neft quduqlariga haydaladi. 


    101 
    VIII.2-rasm. Neftni kompleks tayyorlash qurilmasi va jihozlarning 
     umumiy texnologik tarxi 
    1–neft quduqlari; 2–neft miqdorini o‘lchovchi jihozlar; 3– siquvchi nasos stansiyasi; 4–
    gazni qayta ishlash zavodi; 5– neftni kompleks tayyorlash qurilmalari; 6– suvni tozalovchi 
    qurilmalar; 7– neftni saqlovchi rezervuarlar; 8– tayyorlangan neftni uzatuvchi nasoslar; 9–neft 
    sifatini tekshiruvchi jihozlar; 10–tayyor neftni saqlovchi rezervuarlar; 11–tayyor neftni magistral 
    neft quvuriga (12) haydovchi nasoslar; 13–suvni haydovchi nasos; 14– suvni neft quduqlariga 
    haydash. 

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   154




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VIII.3. Neftni kompleks tayyorlash texnologiyasi

    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish