|
VIII.1.1. Neftni gazsizlantirishnig optimal bosqichlarBog'liq N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,VIII.1.1. Neftni gazsizlantirishnig optimal bosqichlar
sonini tanlash
Neft, gaz va gazokondensat konlaridan qazib olinayotgan quduq mahsuloti gaz
aralashmalari, to‘yingan suv bug‘lari, og‘ir uglevodorodlar, suyuq uglevodorodlar
(neft yoki kondensat), suv, tog‘ jinslarining qattiq zarrachalari va boshqa
komponentlardan tashkil topgan murakkab geterogen sistemani namoyon qiladi.
Shuning uchun gaz quvurlariga gaz uzatishdan oldin uni suyuq va qattiq fazalardan,
hamda bug‘lar va og‘ir uglevodorodlardan ajratib olish kerak, negaki bosim va
haroratning gaz quvurida o‘zgarishi natijasida kondensatsiya hodisasi yuz bermasligi
lozim. Quduq mahsulotini gaz va suyuq fazalarga ajratish jarayoni separatsiya deb
ataladi.
Ishlab chiqarish amaliyotida quduq mahsulotini ajratishning turli xil texnologik
sistemalari qo‘llaniladi. Ajratish sistemasini tanlashda gaz suyuqlik oqimining tarkibi
va fizik xossalari, quduqning texnologik ish rejimi, transport qilinayotgan gazga
qo‘yiladigan talablar va boshqa faktorlar e’tiborga olinadi.
98
Neft va gazokondensat konlarida gazni ajratishning bosqichli sistemasi keng
tarqalgan. Bosqichli ajratish sistemasida eng kamida ikkita bosqich bo‘ladi: biri -
separator, ikkinchisi - rezervuar.
10.1-rasmda neft va gazni bosqichli ajratishning prinsipial tarxi keltirilgan.
Neft konlarida neftdan gazni ajratishda va gazkondensat konlarda
kondensatdan gazni ajratishda ko‘p bosqichli ajratish qulaymi yoki ush bosqichli?
VIII.1-rasm. Neft va gazni bosqichli ajratishning prinsipial tarxi.
a) ikki bosqichli; b) uch bosqichli; v) to‘rt bosqichli.1 - quduq mahsuloti;
2 - separator; 3 - gazning chiqish joyi; 4 - neftning chiqish joyi; 5 - tovar neft rezervuari; 6 -
neftni uzatish uchun nasos.
Neftni yig‘ish va tashishda ko‘p bosqichli ajratishni ham, uch bosqichli
ajratishni ham qo‘llash mumkin. Lekin agar gazni qayta ishlash zavodi konga yaqin
joylashgan bo‘lsa, uch bosqichli ajratishni qo‘llagan ma’qul.
Ajratishning birinchi bosqichida ajralgan gaz o‘zining bosimi ostida mahalliy
extiyojlarga (isitish qozonxonalariga) yuboriladi. Ajratishning ikkinchi va uchinchi
bosqichlarida ajratilgan gaz yog‘li gaz (ko‘p miqdorli og‘ir uglevodorodlardan tashkil
topgan) bo‘ladi. Bu gaz oldin kompressor stansiyalarida siqiladi, so‘ng gazni qayta
ishlash zavodiga yuboriladi.
|
| |