97
Aralashtirgichda neft chuchuk suv bilan aralashtirilib, uning tarkibidagi tuzlar
yuviladi.
Elektrodegidratorlar neft bilan birga emulsiya holida chiqqan qatlam suvlarini
ajratib olish uchun xizmat qiladi. Emulsiyani parchalash (yoki suvni ajratib olish)
maxsus elektrodlarga elektr quvvati yuborilishi natijasida suv tomchilari bir – biri
bilan birlashib ketadi va sekin – asta elektrodegidrator tagiga ajralib chiqadi.
Emulsiya
holatidagi
neft
– suv aralashmasini parchalash uchun
deyemulsatsiya-apparatlaridan ham foydalaniladi. Bu apparatlarda maxsus reagentlar
– deemulgatorlardan foydalanilgan holda emulsiyalar parchalanadi.
Saqlagichlar tayyor neft mahsulotini vaqtinchalik yig‘ish uchun omborxona
sifatida qo‘llaniladi.
Neft konlarida odatda
100, 200, 300, 400, 700, 1000, 2000, 3000, 5000m
3
hajmdagi saqlagichlar ishlatiladi. Temir yo‘l neft quyish estakadasiga qarashli
omborxonalarda
7500 va
10000 m
3
li saqlagichlar ham qurilishi mumkin.