3
So‘z boshi
Konda neft, gaz, suvni yig'ish, tayyorlash va tashishning samaradorligini
oshirish muhim
masalalardan biri hisoblanadi, zamonaviy texnologiyalar va
texnikalarni qo’llash, mavjud texnika va qurilmalardan oqilona foydalanish hisobiga
erishiladi. Buning uchun esa chuqur bilimga ega bo’lgan mutaxassislar talab etiladi.
Mamlakatimizda yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash «Ta’lim to’g’risidagi
qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida milliy tiklanish prinsiplari,
mustaqillik
yutuqlari, milliy g’oya, xalqimizning milliy, ma’naviy va intellektual
salohiyati hamda umum bashariy qadriyatlariga tayangan holda olib borilmoqda.
Darslik yaratishdan mаqsаd «Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan
foydalanish» tа’lim yo’nаlishigа mоs, tа’lim stаndаrtidа
tаlаb qilingаn bilimlаr,
ko’nikmаlаr vа tаjribаlаr dаrаjаsini tа’minlаshdаn iborat bo’lib, fanni o’rganish
natijasida talabalar kondagi neft, gaz, suvni yig‘ish, tayyorlash va tashishning usullari
va mexanik hisoblashlarini bajarish, shuningdek mahsulotlarni yig’ish va tashishning
asosiy parametrlarini hisoblash va optimallashtirishni o’rganib, ko’nikma hosil
qiladilar.
Ushbu darslik “Konda neft, gaz, suvni yig'ish, tayyorlash va tashish” fanning
namunaviy dasturiga mos keladi. “Konda neft, gaz, suvni yig'ish, tayyorlash va
tashish” fani kompleks fan hisoblanib, “Neft va gaz qatlami fizikasi” va “Neft va gaz
ishi asoslari” fanlari bilan uzviy bog’liq.
Darslik 5311900-“Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish”
bakalavriat ta’lim yo‘nalishining talabalari uchun mo’ljallangan.
4
KIRISH
Neft-gaz va yoqilg‘i energetikasi O‘zbekistonning zamonaviy ishlab chiqarish
sanoati yirik og‘ir industriya tarmoqlaridan biri bo‘lib,
vatanimizning muhim
energetik bazasidir. O‘zbek mutaxassislari neft bo‘yicha 100 yildan ortiq, gaz
bo‘yicha yarim asrlik ilmiy va amaliy bilim tajribalarga egalar. Bu tarmoqda sezilarli
darajada ilmiy - texnik potensial yaratilgan va uni rivojlantirishda yuqori yutuqlarga
erishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 24-25 fevral
kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifida neft va gaz sohasiga keng to‘xtalib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy salohiyati ulkan. Bugungi kunda
mamlakatimizda qazib chiqarilayotgan tabiiy gazning 70 foizi, neftning qariyb 78
foizi, gaz kondensatining 80 foizi ushbu viloyat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Viloyatda sanoat izchil rivojlanmoqda. Yalpi hududiy mahsulotda bu sohaning
ulushi 38 foizni tashkil etayotgani ham shundan dalolat beradi. “Sho‘rtanneftgaz” ,
“Muborakneftgaz” korxonalari, “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi, Muborak gazni qayta
ishlash zavodi, Qorovulbozor, Farg‘ona, Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari kabi
yirik ishlab chiqarish korxonalari mamlakatimiz sanoatida salmoqli o‘rin tutadi.
Davlatimiz rahbari tashrifi mobaynida “Sho‘rtangazkimyo”
majmuasining
tozalangan metan negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil
etish va “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini
kengaytirish” loyihalari bilan tanishdi.
“Sho‘rtangazkimyo” majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq
yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish
loyihasi gaz-kimyo sanoati
yo‘nalishida dunyoning ilg‘or texnologik yechimlarini o‘zida aks ettirgan. Ushbu
loyiha MDH doirasida eng yirik mega-loyihalardan biridir.
Loyiha “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi ta’sischiligida amalga oshirilishi
mamlakatimizning yoqilg‘i-energetika xavfsizligini ta’minlashda
katta ahamiyatga
ega bo‘lishi barobarida, sohaning jadal sur’atlarda taraqqiy etayotganidan dalolat
beradi.