12
- neft, gaz va suvni AGO‘Q dan shu maydonning o‘zida joylashgan bir
bosqichli separatorga uzatiladi;
- bir bosqichli separatordan ajratib olingan neft gazi o‘z
bosimi ostida kon
ehtiyojlari uchun yoki uzoqdagi iste’molchilarga uzatiladi, neft bilan suv esa neftda
erigan gaz bilan birgalikda ikki bosqichli separatorga yuboriladi. Bu yerda neft past
haroratda gazsizlantiriladi va qatlam suvidan birlamchi tozalanadi.
- ikki bosqichli ajratkichdan neft o‘zidan ajratilgan suv bilan tovar holiga
yetishishi uchun separator-deemulgatorga uzatiladi, bu yerdan gaz separator –
deemulgatordan o‘zining bosimi ostida GQIZ ga uzatiladi.
Shunday qilib, neft va gazni yig‘ish va uzoqqa
uzatishga tayyorlash quduq
og‘zidan boshlanib, neft, gaz, suvni tayyorlash qurilmalarida tugaydigan yagona
texnologik jarayondir.
Konlarda neft, gaz va suvni yig‘ishni tashkillashtirish deganda neft – gaz – suv
quvur uzatkichlari orqali mahsulotni quduqdan
markazlashgan texnologik
qurilmalarga uzatish tizimi tushuniladi.
Neft yer ostidan chiqayotganida o‘z tarkibida turli xil tuzlar, mexanik
zarrachalar, tabiiy gazlar va yo‘ldosh suvlarni olib chiqadi.
Shuning uchun neft
quduqdan chiqqanidan keyin konning o‘zida maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazilib
tayyor mahsulot holiga keltirilishi lozim.
Tayyor neft mahsuloti davlat standarti bo‘yicha ma’lum talablarga javob
berishi kerak. Neftni konda tayyorgarlik darajasiga ko‘ra uch guruxga bo‘lish
mumkin. Ana shu guruxlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar I.1-
jadvalda keltirilgan.